Assalomu alaykum, Гость!
Foydalanuvchi sifatida kirish

Nahotki! Messining « Barselona»dagi yillik maoshi 104 mln evro?

.- Yuklab olish
Football Leaks « Barselona» hujumchisi Lionel Messi yangi shartnoma bo'yicha qancha maosh olayotgani haqidagi ma'lumotlarni oshkor qildi. Unga ko'ra, argentinalik futbolchi soliqlarni chiqarib tashlamagan holda hisoblaganda, yiliga 104 million evro maosh oladi.
Bunday katta miqdordagi daromad futbol tarixida ilk marta uchramoqda, deya xabar tarqatdi Mediapart. Soliqlar chiqarib tashlangandan keyin esa, ushbu summa 50 million evrodan biroz kamroqni tashkil qiladi.
Taqqoslash uchun, «PSJ» hujumchisi Neymarning bir yillik sof daromadi 36,8 million evroni tashkil qilsa, Karlos Teves Xitoyning «Shangxay Shenxua» klubida yiliga 38 million evro olayotgandi.
Messining " Barselona"dagi qayd etilgan eng kam yillik maoshi (15% imij daromadlarini qo'shib hisoblaganda) 71 million evroni tashkil etadi. Shuningdek, shartnomada futbolchining 4 yil davomida 63,5 million evro miqdorida turli bonuslar olishi nazarda tutilgan. Bundan tashqari, agar Leo shartnomaning oxirigacha «Barsa»da qolsa, yana 70 million evro mukofot oladi.
Bularning barchasi qo'shib hisoblaganda, futbolchining yillik maoshi 104 million evroni tashkil etadi.
mes_un_que_club
13-yanvar 2018, 09:33
Oxirgi fikrlar
113
Olimjon Alijonov [off]
Bu yolgonu xabaru
13 Yanvar 2018, 17:27
Javob yozish
529
Izzatbek Yoldoshev [off]
Messiga omad lekin juda kop dek chunki bunaqa kop beraversa barcani imkoniyatlari kamayadi
13 Yanvar 2018, 10:44
Javob yozish
1405
Azizbek Allayorov [off]
Bu axir leyo Messiku u bundan xam ko'piga loyiq bunaqa fubolch yer yuzda yuq u o'zga sayoralik.
13 Yanvar 2018, 10:29
Javob yozish
125
Otabek Nazarov [off]
Е койил ЛЕО сен шунга хаклисан омадини бесрсин олтин туп сеники бу йил
13 Yanvar 2018, 10:10
Javob yozish
1631
Akmal Temirov [off]
E qoyile Qirol bu pullarga loyiq o'yin ko'rsatmoqda
13 Yanvar 2018, 09:43
Javob yozish
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Yo'nalish
Foydalanuvchilar: 3 kishi
Mehmonlar: 58 kishi
Ro'yxatdan o'tish
Bosh sahifa
© UZBARCA.NET-2018