Assalomu alaykum, Гость!
Foydalanuvchi sifatida kirish

«Real» Messi xizmatiga bo'lgan qiziqishni inkor qildi

Germaniyaning Spiegel jurnali, 2013 yil iyun oyida «Real» Messini xarid qilmoqchi bo'lgani haqidagi xabarni e'lon qildi.
Nemis nashri ma'lumotiga ko'ra, «Qirollik klubi» «Tottenhem»dan Garet Beylni sotib olishdan oldin, «Barselona» hujumchisi Lionel Messining 250 million evro miqdoridagi tovon pulini to'lab, uning transferini amalga oshirmoqchi bo'lgan. Madrid klubi argentinalikka yiliga 23 million evro miqdoridagi «toza» maosh va 2021 yilgacha mo'ljallangan shartnoma, uning otasiga 1 million evro bonus taklif qilgan.
Agar bitim amalga oshganida, dunyo futbolida rekord o'rnatgan bo'lardi.
Marca xabariga ko'ra, madridliklar bu xabarni inkor qilmoqda: «Bu xabar uydirmadan boshqa narsa emas va haqiqatdan yiroqdir».
Eslatib o'tamiz, Messi yaqinda «Barselona» bilan 2021 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Uning tovon puli 700 mln evroga oshirildi.
Sherjahon
13-yanvar 2018, 13:13
Oxirgi fikrlar
1647
DeniSSuarez [off]
Messining o'sha s.bernabeudagi butsasini olaqolinglar
13 Yanvar 2018, 20:31
Javob yozish
951
Shohjahon [off]
Man bu Marca parcani bilmadimu, lekin shaxsan o'z ko'zlarim bilan Real prezidentini video intervyusini ko'rgan edim adashmasam chamasi 2 yilcha oldin. Ushanda Peres Messiga qiziqgani va uni sotib olmoqchi bo'lganini va jamoasida Messidek futbolchi bo'lishini istaganini aytgandi.
13 Yanvar 2018, 14:38
Javob yozish
1241
Akmalbek Xasanboyev [off]
Shunaqa uydirma yolg'on gaplarni nimaga chiqaraverar ekan bu qallob jurnalistlar.Axir Messini Barsadan ketmasligini hamma biladiyu!Kelib kelib jamoasining azaliy raqibi safiga o'tadimi?
13 Yanvar 2018, 13:22
Javob yozish
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Yo'nalish
Foydalanuvchilar: 1 kishi
Mehmonlar: 49 kishi
Ro'yxatdan o'tish
Bosh sahifa
© UZBARCA.NET-2018