Assalomu alaykum, Гость!
Foydalanuvchi sifatida kirish

Endi FUTBOL TV telekanalini HD formatda tomosha qilish mumkin

.- Yuklab olish

Ko'plab futbol ishqibozlar telekanalni yuqori sifatli tasvirda kuzatish istagini bildirgani e'tiborga olingan holda endilikda FUTBOL TV telekanalini HD (High-Definition) formatda tomosha qilish imkoniyati yaratildi.

Yurtimiz futbol muxlislariga yaxshi ma'lum, 2017-yilning aprel oyidan O'zbekistonda ilk bor futbolga ixtisoslashgan FUTBOL TV telekanali o'z faoliyatini boshladi. Bugungi kungacha telekanal Evropaning eng nufuzli – EChL, EL, APL va La-Liga kabi futbol musobaqalari shuningdek, futbolga ixtisoslashgan teleko'rsatuvlarini xalqimiz e'tiboriga havola etib kelmoqda.

O'tgan davr mobaynida tomoshabinlar fikr mulohazalari telekanal xodimlari tomonidan muntazam tarzda o'rganib borildi. Ko'plab futbol ishqibozlar telekanalni yuqori sifatli tasvirda kuzatish istagini bildirgani e'tiborga olingan holda endilikda FUTBOL TV telekanalini HD (High-Definition) formatda tomosha qilish imkoniyati yaratildi.

FUTBOL TV telekanali tomoshabinlari uchun uch asosiy yangilik yaratildi.

Birinchidan: DVB-T (birinchi avlod tyuneri) qurilmasidan foydalinib kelgan tomoshabin endilikda o'z qurilmasida “qidiruv” berish orqali FUTBOL TV telekanalini topishi va kuzatib borishi mumkin. Avval birinchi avlod tyunerlarida bunday imkoniyat bo'lmagani va bu o'z o'rnida ba'zi noqulayliklarni keltirib chiqarganini ta'kidlab o'tish lozim.

Ikkinchidan: FUTBOL TV telekanalini HD formatda tomosha qilish uchun DVB-T2 (yangi avlod tyuneri) qurilmasidan foydalanayotgan tomoshabin “qidiruv” berish orqali FUTBOL TV HD telekanalini topishi va kuzatib borishi mumkin.

Uchinchidan: FUTBOL TV telekanali endi kunduzi soat 10:00 dan kechasi soat 3:00 gacha efirga chiqadi.

Shuni qo'shimcha qilish kerak, telekanal mutasaddilari muntazam tarzda muxlislardan kelib tushayotgan fikr va takliflarni kuzatib, ularni o'rganib chiqmoqda. FUTBOL TV telekanali kelajakda ham xalqimiz uchun qulayliklar yaratish maqsadida mehnat qilishda davom etadi.

FUTBOL TV telekanalida syurprizlar mavsumi davom etadi!
Oxunjon_Angren
13-mart 2018, 15:16
Oxirgi fikrlar
2027
Bekzod Haydarov [off]
Chiqmayapdiku qachondan ishga tushadi
20 Mart 2018, 19:14
Javob yozish
2270
Izzatbek Ibrahimov [off]
Qoil iwlariga omad Fudbol tvni
14 Mart 2018, 15:57
Javob yozish
365
Iniesta [off]
Bu hammayoqda chiqdimi chota bizda yo'q o'sha eski futbol tv
14 Mart 2018, 00:35
Javob yozish
1437
Bobur Rahimov [off]
Özgarish yöqku oldinam tiniq körsatyotgandi özi menda.Mayli omad.
13 Mart 2018, 23:41
Javob yozish
1199
leo messi [off]
Iwlariga omad. Omadini bersin
13 Mart 2018, 23:17
Javob yozish
827
Umidfanatfcb Barcelona [off]
Da malatsi bo'larkanu zo'r gap yo'q kekgusida uzreportda ham shunaqa qilsa yaxshi bo'lardi
13 Mart 2018, 23:12
Javob yozish
21
Bekzod Hotamov [off]
Shohjahon yozdi:
menimcha alohida qilib chiqmasa kere. Ashu kanalni o'zi HD formatda uzatishni boshladi. Men umuman bu kanalda futbolda ko'rmasdim boisi sharhlovchilar va haqiqatdan sifati edi. Bugun qo'ysam PSJ-Real o'yinini HD formatda uzatmoqda, buni bilish uchun TVga shunday etibor bering odamning yuzidagi xolcha ham, maydondagi maysalar ham sifatli tarzda aniq va tinniq ko'rinmoqda, shu HD degani
Siz toshkentdanmisiz ?
13 Mart 2018, 23:00
Javob yozish
951
Shohjahon [off]
menimcha alohida qilib chiqmasa kere. Ashu kanalni o'zi HD formatda uzatishni boshladi. Men umuman bu kanalda futbolda ko'rmasdim boisi sharhlovchilar va haqiqatdan sifati edi. Bugun qo'ysam PSJ-Real o'yinini HD formatda uzatmoqda, buni bilish uchun TVga shunday etibor bering odamning yuzidagi xolcha ham, maydondagi maysalar ham sifatli tarzda aniq va tinniq ko'rinmoqda, shu HD degani
13 Mart 2018, 21:54
Javob yozish
2286
Erkin Tojiboev [off]
Telekanal ishchilari va raxbariyatidan juda minnadormiz sila raxmat agar CHJni yam olib bersela juda xursand bo'lardik
13 Mart 2018, 20:30
Javob yozish
1817
Ousman Dembele [off]
Bizda ham chiqmadi dvd-t2 bo'sayam
13 Mart 2018, 19:05
Javob yozish
21
Bekzod Hotamov [off]
Hd format kimgadir chiqdimi?
13 Mart 2018, 18:11
Javob yozish
80
Umid Fayzullayev [off]
ortiq hidoyatov yozdi:
HD formatda chiqmayaptiku?
tyuneriz t2 mi? uwa hd
13 Mart 2018, 17:53
Javob yozish
1941
ortiq hidoyatov [off]
HD formatda chiqmayaptiku?
13 Mart 2018, 17:33
Javob yozish
2234
Maxsud Qalbaev [off]
Fudbol tv hadimlarga katta raxmat ishlaringizda rivoj
13 Mart 2018, 17:12
Javob yozish
1876
Ulugbek fanat FCB [off]
Futbol TV Xodimlariga katta rahmat.
13 Mart 2018, 17:05
Javob yozish
1876
Ulugbek fanat FCB [off]
Katta rahmat sizlarg
13 Mart 2018, 17:04
Javob yozish
1974
Oybek Xojimatov [off]
Zo'rku hamalaringa omad rahmat silarga
13 Mart 2018, 16:56
Javob yozish
2022
Philippe CouTinHo [off]
Buni qanday farqi bor?
Futbol TV
Futbol TV HD????

13 Mart 2018, 16:31
Javob yozish
1862
Айдос Джолдасов [off]
Agar shunday bolsa zor bolardi da
13 Mart 2018, 16:25
Javob yozish
1862
Айдос Джолдасов [off]
Eski 12 kanalny tyunerdanam terib topib ko'rsa boladi shundaymi tushinganim bo'yicha
13 Mart 2018, 16:24
Javob yozish

12»

Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Yo'nalish
Foydalanuvchilar: 15 kishi
Mehmonlar: 132 kishi
Ro'yxatdan o'tish
Bosh sahifa
© UZBARCA.NET-2018