Assalomu alaykum, Гость!
Foydalanuvchi sifatida kirish

"Oltin to'p"ni yutishga loyiq bo'lgan 5 yarim himoyachi

"Oltin to'p" - dunyoning eng kuchli futbolchisiga topshirilayotgan sovrin.
Mana 10 yildirki, Ronaldu-Messi tandemi bu sovrinni boshqalarga bermayapti. Ammo shunday yarim himoyachilar borki, "Oltin to'p"ga ega chiqishi kerak edi.
Misol uchun...

5. TONI KROOS

"Biz senga yiliga 10 mln evro maosh to'lay olmaymiz, sababi sen top-futbolchi emas", - degandi "Bavariya" rasmiysi Karl-Xaynts Rummenigge. O'sha vaqtlarda Kroos Myunxen jamoasi bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib borayotgandi.

Oradan bir oy o'tib, "Real" 25 mln evro evaziga Kroosni sotib oldi. Bu esa futbol muxlislari tomonidan asr transferi deb ataldi. Pep Gvardiola unga katta ishonch bildirmadi va Mario Gyottsega imkoniyat berdi.
2014 yilda "Real"ga o'tgan Kroos jamoa tarkibida 2 bora EChL g'olibligini qo'lga kiritdi va bir necha bora yil ramziy terma jamoasidan o'rin oldi. U Ronalduning gollari va jamoasining g'alabalarida o'z hissasini qo'shdi. 2014 yilda esa "Oltin to'p"ni yutishi mumkin bo'lganlar yakuniy uchligida ko'rinish berdi.

4. SERXIO BUSKETS

Serxio Buskets 2010 yilda Inesta bilan birgalikda top-futbolchiga aylandi. Himoyaga ixtisoslashgan futbolchi "Barselona" va Ispaniya termasining yuragiga aylandi.

U biror marta ham "Oltin to'p"ning yakuniy uchligiga kirmagan. Biroq Serxioning o'yinlarini kuzatar ekansiz, kuchli o'yinlari tufayli sovrinni qo'lga kiritishga haqliligi seziladi. Jurnalistlar, muxlislar uning "Oltin to'p"ni yutishini kerakligini ko'p bora yozishdi. Biroq ovoz beruvchilar uning ismini yozib qoldirishmadi.
Buskets "Oltin to'p"ni qo'lga kiritmasa-da, haqiqiy jonkuyar futbolchi va jamoalarining yuragi bo'lib qolaveradi.

3. N’GOLO KANTE

Kante bir necha yillardan buyon barqaror o'yin namoyish etmoqda. U "Chelsi" va "Lester" tarkibida shunchalar ishonch bilan harakat qilmoqda-ki, unga e'tirozlar bo'lmayapti.

Kante markaziy yarim himoyada u katta mas'uliyatni o'z bo'yniga olgan va u orqali "Chelsi" barcha raqiblari bilan bahslarda markazda ustunlikka erishmoqda. U o'z jarima maydonidan raqibi "qutisi"ga qadar katta zonada o'ynaydi va hujumlarni qaytarishda juda yaxshi o'yin ko'rsatadi.
Kante ham bunday yorqin o'yinlari bilan "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishi kerak. Biroq bunday vaqtda unga yo'l bo'lsin.

2. LUKA MODRICh
Modrich 2012 yilda "Real" amalga oshirgan eng yaxshi transfer bo'lib qoldi. "Real" xorvatiyalik orqali markazdagi katta hududni egalladi.

Qaysidir vaqt davomida Modrichni tanqid qilishgani eshitilmadi. Uzoq yillardan buyon u barqaror tarzda o'yin ko'rsatmoqda.
Ayni damda u 32 yoshga kirdi. "Real" kelajakda Modrich kabi futbolchi topishi qiyin.
Luka o'zining chiroyli paslari va havolatib to'p oshirishlari orqali barchaning e'tiborini qozondi. Ammo "Oltin to'p"ni qo'lga kirita olmasdi. Agarda Modrich bundan 15 yil oldin shunday o'yin ko'rsatganida, bemalol ushbu sovrinni qo'lga kiritardi.


1. ANDRES IN'ESTA

Nafaqat "Barselona", balki futbolning tirik afsonasi. Barcha uning 116-daqiqada JCh finalida Gollandiyaga urgan golini eslaydi.

Yaqin orada so'nggi uchrashuvini o'tkazadigan Inesta 9 marta LaLiga, 7 Ispaniya Superkubogi, 6 Ispaniya kubogi, 4 EChL sovrini, 3 Evropa Superkubogi va marta klublar o'rtasidagi JCh g'olibi bo'lgan.
Ko'p bora "Oltin to'p"ning yakuniy uchligiga kirgan afsonaga bu sovrin nasib etmadi. Ammo u har doim FIFAning yakuniy ramziy termasidan o'rin oldi.

.- Yuklab olish

Mirjalol Normatov tarjimasi

Manba : sportskeeda.com
_-RAMSEY-_
16-may 2018, 20:41
Oxirgi fikrlar
1816
Ravshanbek Kurbanov [off]
Kantega ertaroq hali
16 May 2018, 21:34
Javob yozish
1809
Dostonbek Ruziqulov [off]
Iniesata maestro sen eng zo'risan o'rnilaringa lamasiyadan o'rinbosar topish esdan chiqmaasiiiin
16 May 2018, 21:02
Javob yozish
2703
Mirsaid fcb Majidov [off]
Shubxasiz iniesta loyiq bular ichida
16 May 2018, 20:52
Javob yozish
2480
!!!_BEXZOD_MESSI_!!! [on]
Inesta gap so'zsiz loyiq! Respect Maestro
16 May 2018, 20:49
Javob yozish
1794
!!!_MisS_YuRiStKa_!! [off]
bulani ichidan eng loyig'i sözsiz maestro rahmat hammasi uchun
16 May 2018, 20:45
Javob yozish
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Yo'nalish
Foydalanuvchilar: 18 kishi
Mehmonlar: 133 kishi
Ro'yxatdan o'tish
Bosh sahifa
© UZBARCA.NET-2018