Assalomu alaykum, Гость!
Foydalanuvchi sifatida kirish

JCh-1930. Urugvayning chempion tarkibi

.- Yuklab olish

Rossiya yashil maydonlarida bo'lib o'tadigan navbatdagi jahon chempionati boshlanishiga ham oz vaqt qoldi.
Ilk jahon chempionati Urugvay davlatida bo'lib o'tganidan barchaning xabari bor. 13ta terma jamoa ishtirok etgan birinchi jahon chempionatida Urugvay terma jamoasi "oltin ma'buda"ni qo'lga kiritgani hech kimga sir emas. Rossiya davlatida bo'lib o'tadigan navbatdagi jahon chempionati boshlanishidan avval shu paytgacha mundiallarda kimlar bosh sovrinni qo'lga kiritgani va jamoalar tarkiblari haqida ma'lumot berib boramiz.
URUGVAY - 1930


Urugvay terma jamoasining 1930 yilda "oltin ma'buda"ni qo'lga kiritgan tarkibi quyidagicha

Darvozabonlar: Enrike Balesteros, Migel Kapuchchini
Himoyachilar: Alvaro Xestido, Lorenso Fernandes, Xose Nasassi, Ernesto Maskeroni, Domingo Texeyra, Emilio Rekoba
Yarim himoyachilar: Xose Leandro Andrade, Karlos Riolfo, Migel Melono,
Hujumchilar: Viktoriano Santos Iriarte, Xose Pedro Sea, Ektor Skarone, Ektor Kastro, Santos Urdinaran, Pedro Petrone, Konduelo Piris, Xuan Anselmo, Pablo Dorado, Soilo Saldombide, Xuan Karlos Kalvo
Bosh murabbiy: Alberto Suppichi


1930 yili Urugvay terma jamoasi "S" guruhida Ruminiya va Peru terma jamoalari bilan bir guruhdan o'rin olgan. Guruhdagi ilk uchrashuvda Urugvay Peruni 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan. Uchrashuvdagi kiritilgan golga Ektor Kastro mualliflik qilgan. Guruhdagi ikkinchi bahsda Ruminiya terma jamoasini yirik 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan. Ushbu o'yindagi kiritilgan gollarga Pablo Dorado, Ektor Skarone, Xuan Anselmo va Pedro Sea mualliflik qilgan.
Urugvay terma jamoasi guruhda birinchi o'rinni egallab yarim final yo'llanmasini naqd qilgan. Yarim finalda Yugoslaviya terma jamoasini qaqshatqich 6:1 hisobida mag'lubiyatga uchratishgan. Ushbu uchrashuvda Pedro Sea 3ta, Xuan Anselmo 2ta va Santos Iriarte 1 marotaba o'z nomini tabloga yozdirib qo'ygan.
Keyingi bosqich yo'llanmasini naqd qilgan urugvayliklar finalda Argentina terma jamoasi bilan bahs olib borib raqiblarini 4:2 hisobida mag'lubiyatga uchratgan. Uchrashuvdagi kiritilgan gollarga Pablo Dorado, Pedro Sea, Santos Iriarte va Ektor Kastro mualliflik qilgan.



"Oltin ma'buda"ning mana shunday medallari sovrindor jamoaning futbolchilariga taqdim etilgan



Jahongir Sotvoldiev tayyorladi
Manba : championat.asia
_-RAMSEY-_
16-may 2018, 20:49
Oxirgi fikrlar
2703
Mirsaid fcb Majidov [off]
2018-oltin medallarini xudo xoxlasa argentina futbolchilari olsin deb niyat qilib qolamiz
16 May 2018, 20:58
Javob yozish
2480
-_FoRcA_BaRcA_- [off]
Suarezga ham yaxshi natijalar tilab qolaman!
16 May 2018, 20:56
Javob yozish
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Yo'nalish
Foydalanuvchilar: 5 kishi
Mehmonlar: 81 kishi
Ro'yxatdan o'tish
Bosh sahifa
© UZBARCA.NET-2018