Assalomu alaykum, Гость!
Foydalanuvchi sifatida kirish

Mirzahakim To'xtamirzaev nega futbolni sharhlamay qo'ygani, eng yaxshi sharhlovchi kimligi va jahon chempionatiga chiqish uchun bizga nima etishmayotgani haqida.

.- Yuklab olish

Taniqli sport sharhlovchisi, ayni paytda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati boshlig'i lavozimida ishlayotgan Mirzahakim To'xtamirzaev Facebook ijtimoiy tarmog'ida muxlislar savollariga javob qaytardi.
Quyida uning Sports.uzsaytida chop etilgan fikrlari bilan tanishib olishingiz mumkin.
- Men Respublika rus tili va adabiyoti pedagogika institutini tamomlaganman. Til talimi metodikasi bo'yicha dissertaTsiyani himoya qilib, pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olganman, doTsentman.
- Futbolga bolalikdan kirib kelganman. Televidenieda 1992 yildan futbol sharxlayman. Rosti, bolalagimda hayolimdan o'tgan - bir kun kelib, televideniedagi o'zbek va rus sharhlovchilari o'rniga bitta o'zim sharhlasam qaniydi degan o'y. Lekin yoshligimda bu haqda o'ylamaganman.
- Hozir Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati boshlig'iman. Shu sababli, sharhlardan biroz uzoqlashdim. Televidenieda faqat ko'rsatuv va tok-shoularga mehmon, mutaxassis sifatida boryapman. Futbolni keyinchalik sharhlashim mumkinmi? Nasib etsa, albatta...
- Sharhda tez gapiraman? Futbol sharhlovchiligiga taklif etishganida o'quv ko'rsatuvidagi kabi bamaylixotir gapirmaslik zarurligini takidlashgan edi. Sharhda imkon qadar tez gapirish esa o'z davrining etakchi sport sharhlovchisi Nikolay Ozerovdan havas bilan olgan xislatlardan biri.
- Hayotdagi shiorim? Yoshlikda tanlagan shiorim: Siz va bizni omad tark etmasin! Insonlardagi samimiyat va oqibatni ko'proq qadrlasam kerak. Kasb tanlashimga maktabimizdagi o'qituvchilarimiz turtki bo'lishgan, ularga ming bor qulluq!
- Yurtimizdagi eng yaxshi sharhlovchi? Alohida birini ajratib ko'rsatolmayman. Har bir sharhlovchining o'z ijobiy xislatlari bor.
- O'zbekiston futbolini qanday rivojlantirish mumkin? Mustaqillik yillarida futbolimizning moddiy-texnik bazasi zamon talablari darajasiga olib kelindi, ko'plab arenalar barpo etildi. Terma jamoamiz jahon chempionatiga chiqishi uchun xorijlik neytral va mohir murabbiy kerak. Shu bilan birga uning xotirjam ishlashi uchun imkon berish zarur.
- Futbolimizga nima yetishmaydi? JChga chiqishimiz uchun korrupTsiya to'sqinlik qiladimi? Agar futbolchilarimizga muayyan nimadir etishmasligini bilsak, allaqachon jahon chempionatiga chiqardik. Nazarimda, futbolchilarimizning mahorati va tayyorgarligi hozircha zamonaviy talablarga javob bermaydi. Murabbiylarimizga mustaqillik etishmaydi.
!!!_RESPECT_!!!
17-may 2018, 18:06
Oxirgi fikrlar
1672
Sardorbek Iskandarov [off]
So'zsiz Davrin Fayziyev bu birgina meni emas futbol fanatlari fikri
18 May 2018, 00:33
Javob yozish
72
Sultonbey Yoldoshev [off]
Xayrulla Hamidov zo'ramas umuman
17 May 2018, 21:12
Javob yozish
2741
Ulugbek Abdullayev [off]
Azamat Yahshimov yozdi:
Hayrulla xamidov men uchun eng yahshisi menimcha uni joyi sport telekanali emas
To'g'ri sportdagilarni olish kk
17 May 2018, 19:57
Javob yozish
1680
Nursultan Toreev [off]
Shu insonning sharixlaganina bes ketamanda eng zori shu boshqalar buning oldida ip yesholmay qoladi
17 May 2018, 19:54
Javob yozish
2552
Shaxzod Boliqulov [off]
To'ppa to'g'ri fudbolda korupsiyani yo'q qilish kerak
17 May 2018, 19:50
Javob yozish
481
Azamat Yahshimov [off]
Hayrulla xamidov men uchun eng yahshisi menimcha uni joyi sport telekanali emas
17 May 2018, 19:42
Javob yozish
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Yo'nalish
Foydalanuvchilar: 8 kishi
Mehmonlar: 145 kishi
Ro'yxatdan o'tish
Bosh sahifa
© UZBARCA.NET-2018