Assalomu alaykum, Гость!
Foydalanuvchi sifatida kirish

Qo'shni uydan sado yoxud madridliklar «Barselona», kataloniyaliklar esa «Real» haqida.

.- Yuklab olish

Mana, navbatdagi «El-klasiko» ortda qoldi. «Turnir jadvalidan ustun jang» maqomini olgan bu galgi to'qnashuv ham muxlislar ishonchini to'liq oqladi.
Chiroyli futbol, murosasiz kurash, gollar va hokazo - «klasiko» boshqacha bo'lishi mumkin emas. Bilsangiz kerak, bu o'yindan avvalroq «Barselona» faxriysi Andres Inesta joriy mavsum yakunida klub bilan xayrlashishini e'lon qilgandi.
Shundan so'ng futbol olamining ko'zga ko'ringan namoyandalari ko'pchilik hurmatini qozongan yarim himoyachi qaroriga munosabat bildirib, unga maqtovlar yog'dirishdi.
Xususan, «Barsa»ning ashaddiy raqibi - «Real», ya'ni Madrid tomondan ham ijobiy fikrlar yangradi. Deylik, Zayniddin Zidan va klubning sobiq darvozaboni Iker Kasilyas har doim Inesta ijrosidagi o'yinlardan o'zgacha zavq olishlarini yashirishmadi.
Umuman, «Real» vakillari ham, «barsachilar» ham azaliy raqib haqida tez-tez fikr bildirishadi. Ular orasida ijobiylari qatori salbiylari ham uchraydi, albatta.
Xullas, bugun turli vaqtlarda aytilgan eng mashhur «luqma»larga nazar solamiz (manba - soccer.ru sayti).
Alfredo di STEFANO(Xosep Gvardiola davridagi «Barselona» haqida):«Tan olaman, hozirgi «Barselona» o'yinidan va uning maydonda qanday hukmronlik qilishidan shunchaki, hayratdaman. Umuman, Gvardiola jamoasi ijrosidagi futbolni ko'zlaring emas, qalbing bilan tomosha qilasan. Kataloniyaliklar to'p bilan shunday nozik va nafis muomalada bo'lishadiki, beixtiyor og'zing ochilib qoladi. Go'yoki, ular to'pga ta'zim qilib, uni erkalayotgandek... Shunday ekan, bu jamoani maydonda ko'rish - katta rohat. Mana, oxirgi «El-klasiko»da «Madrid» maydonda to'liq hukmronlikni qo'lga olgan raqibi oldida jilovlangan yirtqichdek ko'rindi. Boshqacha aytsam, «Barsa» sherga o'xshadi, «Real» esa sichqonga».
Xristo STOIChKOV(«Real»ning katta xarajat qilishi haqida):«Keling, «Real» haqida gaplashamiz. Necha yillar badaliga Ispaniya chempionatida bir bora g'alaba qozonish uchun million-million sarflagan jamoa. Shuning uchun ham kimdir «Real»ning «Barselona»dan kuchli ekanligini isbotlashga urinsa, kulgim qistaydi. Yashirmayman, «Madrid» va unga bog'liq har narsani ko'rishga ko'zim, eshitishga qulog'im yo'q...».
Yoxan KROYFF(Joze Mou- rino boshqaruvidagi «Real» haqida):«Real»ga hech qachon past nazar bilan qaramaslik kerak, lekin menimcha, oldinlari klubni butun dunyoda birdek hurmat qilishardi. Bir qarashda, madridliklar o'z obro'larini tobora yo'qotishmoqda, negaki, futbolda hammasini g'alabalar va sovrinlar belgilamaydi. Har holda, yanada muhimroq masalalar ham yo'q emas».
Emilio BUTRAGEN'O(Yoxan Kroyff boshqargan «Barselona» haqida):«Kataloniyada shakllangan «Drim-tim» superjamoa darajasiga chiqmagandi, garchi ko'zni qamashtiradigan futbol namoyish etgan bo'lsada. Men ko'rgan eng yaxshi klublar - 70-yillardagi «Ayaks» va 90-yillardagi «Milan». Kroyff davridagi «Barselona» esa La-ligadagi boshqa jamoalar natijasiga qattiq bog'lanib qolgandi. Deylik, kataloniyaliklar o'sha vaqt 3ta sovrinni oxirgi turda rasmiylashtirishgan, qolaversa, Chempionlar Ligasi finalida «Milan»ga 0:4 hisobida yutqazishgan».
Xorxe VAL'DANO(«Barselona»ning zamonaviy erasi haqida):«Kataloniya klubining hozirgi davrini bitta nom belgilamoqda - Messi. Biroq u bir necha yil oldingi jamoaga aslo o'xshamaydi. Har holda, Gvardiola o'yinga doimiy ravishda o'zgartirish kiritar va bu bilan raqiblarni burchakka siqib qo'yardi. Endi bunday holat yo'q, shuning uchun «Barselona» to'laqonli hukmronlik qilolmayapti».
Xosep Gvardiola(«Real» boshqaruvida ishlash-ishlamasligi ehtimoli haqida):«Hamma yaxshi biladi - «Barselona»ning chin muxlisiman. «Real»ga esa bunday murabbiy kerak bo'lmasa kerak, menimcha. Aslida meni «Madrid» bosh murabbiyi bo'lishga munosib nomzod sifatida ko'rayotganlari uchun bag'oyat minnatdorman, biroq bir qator sabablar tufayli bu klubga to'g'ri kelmayman aslo. Birinchidan, qalbim «Barselona»ga tegishli. Ikkinchidan, butun borlig'i bilan Kataloniya mustaqilligi uchun qayg'uradigan yigitning monarxiya tuzumi hukmron Madridda yashab, bemalol ishlashi juda-juda mushkul».
Joze MOURIN'O(Gvardiola bilan o'tkir raqobat davri haqida):«Ayrimlar «Barselona» va uning o'yin uslubini yoqtirishadi, ba'zilar yo'q. Shaxsan men «Barsa» falsafasiga hurmat bilan yondashaman. Shuningdek, bu klubga qarshi o'ynash qiyinligini tan olishim kerak. Lekin kataloniyaliklar o'zlarini g'alati tutishadiki, bu g'azabimni qo'zg'atadi. Ular hakamlarga bosim o'tkazishdan charchamaydilar, «Kamp Nou»dagi katta o'yinlarda esa hisobda oldinga chiqib olishsa, ikkinchi bo'limda maydon chetida to'p uzatib turuvchi bolalar qaergadir g'oyib bo'lishadi. O'yin shiddatiga mustaqil dosh berolmaydigan kichik jamoalar odatda shunday yo'l tutishini bilaman, ammo katta klublar bunday qilmaydi. Bordiyu, hozir ham Kataloniyada Mourinoga nafrat bilan qarayotgan bo'lsalar, bu ularning muammolari, menga zarracha daxli yo'q».
XAVI(2012 yili):«Real» futbolchilari - omadsizlar. Ular mag'lubiyatni tan olishni bilmasliklari kamlik qilganidek, yana o'zlarini yovvoyilardek tutishadi».
XAVI(2016 yili, «Real» «Kamp Nou»da g'alaba qozonganidan keyin):«Real» ulkan stadionimizda kichik va ojiz jamoadek o'ynadi. Menimcha, «Barselona» va «Real» kabi buyuk klublarga o'z darvozasi oldiga «avtobus» qo'yish yarashmaydi, ularning bunga shunchaki, haqqi yo'q. Zero, yirik jamoalar faqat va faqat hujumkor futbolni targ'ib qilishi shart».
XAVI(2016 yilning oxirida):«Real» - buyuk klub! Jamoada o'z kuchiga ishonch hissi mustahkam. «Madrid» barcha sovrinlarni yutgan va yana yutishda davom etyapti, negaki, u chindan ham buyuk klub hisoblanadi. Umuman, madridlik «Barselona»ga hamisha bosim o'tkazishadi».
Iker KASIL'YaS(2009 yili):«Barselona» o'yiniga qarasam, atigi 10 daqiqadan keyin vujudimni havas tuyg'usi qurshab oladi. Jamoaning g'alaba qozonishi, shuning barobarida sifatli futbol namoyish etishi darhol ma'lum bo'ladi. Yo'q, tilyog'lamalik qilmayapman, «Barsa»ga chindan ham, havasim baland».
Iker KASIL'YaS(2010 yili):«Biz «Barsa» bilan munosib raqobatlashishga qodirmiz. Ammo tan olishim kerak, kataloniyaliklarda hozir o'z tarixlaridagi eng kuchli jamoa bor. «Barselona» o'yini haqida gapirib, buni modaga qiyoslayotganlar ham haqlar. Ammo unutmaylik, moda vaqt o'tishi bilan o'z ahamiyatini yo'qotadi».
Iker KASIL'YaS(2012 yili):«Hozir hamma faqat «Barselona» va uning 11 nafar tarbiyalanuvchisi haqida gapirmoqda. Lekin bu klubning 11-12 yil avval 11 nafar xorijlikdan tuzilgan tarkibga tayanib o'ynagani hali esimda. Bunday holat davr o'tishi bilan yuzaga kelishi tabiiy jarayon, demak, kataloniyaliklar hozir jamoada mahalliy futbolchilar to'p surishayotganini aytib, maqtanmasliklari kerak. Puyol yoki Xavidan so'rab ko'ringchi, ular o'ynay boshlagan vaqt «Barsa» tarkibida necha nafar klub tarbiyalanuvchisi o'ynardi...?»
Karles PUYOL'(2013 yili):«Messini jarohatlar qiynagan mavsum ham chempionat g'olibiga aylandik. Tan olaman, jamoamiz Leosiz biroz kuchsizlanadi. Eh, Krishtianu Ronaldu jarohatlangan vaqt «Real» holiga bir qarashni istardim. Umuman, madridlar u bilan ham hech narsaga erisholmadilar-ku...».
Zayniddin ZIDAN(«Barselona» bilan raqobat haqida):«Bu klubga qarshi o'yinlar hamisha alohida ahamiyatga ega bo'ladi. Chinakam derbiga o'xshaydi, lekin hammasi biroz boshqacha. «Barsa» va «Real» o'rtasidagi o'yinlarda nima ro'y berishini hech qachon bilmaysan».
Luis ENRIKE(tabiiy yondashuvi haqida):«Real» xususida gapirishni istamayman. Bilganim shuki, hozir jahondagi eng yaxshi klubni boshqar-yapman».
Serxio RAMOS(«Barselona»ning ChLda «PSJ»ga 0:4 hisobida yutqazgani haqida):«Yashirmayman, «Barsa»ning bunday mag'lubiyati kayfiyatimni ancha ko'tardi. Albatta, qadrdon do'stlarimning azoblanishlarini istamayman, biroq meni kechiringlaru, «Barselona» g'alabasi va shodligini ko'rmaslikni ko'proq xohlayman».
Serxio RAMOS(«Barselona»ga umumiy qarashi haqida):«Kataloniyaliklar maydondan mag'lub holda chiqib ketsalar, o'zimni beixtiyor baxtiyor his qilaman. Hattoki, bunday oqshomlar miriqib uxlayman».
Serxio RAMOS(Pikening «Real» qadriyatlarini shubha ostiga olgani haqida):«Jerar qanday vaysimasin, uning gaplari bizning qadriyatimizni o'zgartirmaydi va unvon va sovrinlarimizni xiralashtirmaydi. Lekin u shu yo'l bilan gazetalar adadini oshirishi tayin. Chunki odamlarga noodatiy sarlavhalar yoqadi. Biz bunday gap-so'zlarga chidaymiz, ammo «Barselona» vakillari «Real» masalasida sukut saqlashsa, yaxshi bo'lardi, baribir».
Jerar PIKE(«Barselona»ning Evropa superkubogi-2015dagi g'alabasi haqida):«Jin ursin «Real»ni. Mana, Madridda navbatdagi sovrinni qo'lga kiritganimizni ko'rib, «rohatlanishsin».
Jerar PIKE(«Real»ning ChLda «Bavariya»ni enggani haqida):«Kamp Nou»da mag'lubiyatga qaramay, jamoangni olqishlashlarini ko'rganingda, eting jimirlab ketadi.
Madridliklar esa o'z stadionlaridagi hushtakbozliklarga o'rganib qolishgan, garchi yarim finalga chiqqan bo'lsalarda...».
Jerar PIKE(2015 yili):«Shuncha ko'p sovrin yutgan «Barselona»ning ajib avlodi vakiligi ekanligimdan cheksiz g'ururlanaman. Unutmaylik, aynan biz tufayli «Real» ancha oz sovrin yutdi. Doim bu jamoaning ishlari orqaga ketishini istayman. Madridliklarning boshlari mag'lubiyatdan chiqmasa ham mayli. Har doim. Bu gaplarim uchun uzr so'ramayman. O'zaro qarama-qarshiligimiz shunday munosabatni talab qiladi...».
A. AHMEDOV tayyorladi
Manba: www.uff.uz
Zafarbek
17-may 2018, 18:28
Oxirgi fikrlar
2074
Jasur Akhmedov [off]
Casillasga tasanno haqiqiy mujik
18 May 2018, 04:32
Javob yozish
1680
Nursultan Toreev [off]
Pike zor gapiribti xavi ham puyol ham
17 May 2018, 20:09
Javob yozish
2745
BILOLIDDIN AKBAROV [off]
Bexzod_Messi yozdi:
o'qishga erindim to'g'risi
Узинг ичинда билиб куйовир укимаган бусенг
17 May 2018, 19:04
Javob yozish
2480
Bexzod_Messi [off]
o'qishga erindim to'g'risi
17 May 2018, 18:40
Javob yozish
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Yo'nalish
Foydalanuvchilar: 12 kishi
Mehmonlar: 149 kishi
Ro'yxatdan o'tish
Bosh sahifa
© UZBARCA.NET-2018