Assalomu alaykum, Гость!
Foydalanuvchi sifatida kirish

Dunyoning eng ko'p maosh oladigan, biroq buni oqlamayotgan 6 futbolchi

.- Yuklab olish

Top-futbolchilar katta maosh oladi.
Biroq ularning barchasi ham shunga yarasha mehnat qilishmayapti. Yaqindagina shunday "sharaf"ga Karlos Teves "sazovor" bo'lgandi. Xo'sh, ayni damda kimlar shunday nomga loyiq?

6. USMON DEMBELE - haftasiga 220 ming evro maosh

Dembele hozirda "Barselona"ning qo'pol hatosi bo'lib turibdi, u o'ziga to'langan 100 millionni oqlay olmayapti. Albatta, bunga uning jarohati sababchi bo'ldi.

Agarda fakt kerak bo'lsa aytamiz. Usmon mavsum davomida kasalini davolab haftasiga 220 ming evro maosh oldi. "Barsa" sardori Andres Inesta esa maydonda mehnat qilib, haftasiga 165 ming evro maosh ishlab topdi.
Balki oradan yillar o'tib, Usmon "Barselona"ning muhim futbolchisiga aylanar, hozirgi o'yinlari esa shunchaki omadsizlik ekanligini ko'rsatar. Biroq o'z yoshida eng ko'p maosh oluvchi futbolchi sifatida, o'ziga bildirilgan ishonchni hozircha to'la oqlamayapti.

5. YaYa TURE - haftasiga 220 ming evro maosh

Ture "Manchester Siti"ning so'nggi 10 yillikdagi eng yaxshi futbolchisi edi. U uzoq masofaga to'p uzatishi bilan sherigini raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqarib yuborardi.

Biroq so'nggi ikki yil ichida "Siti" uchun ahamiyatsiz futbolchiga aylanib qoldi. Bunday bo'lishiga Gvardiolaning ham hissasi katta. Shu boisdan, unga Xarri Keyndan ikki baravar ko'proq maosh to'lash juda kulgili.
Turening jamoa g'alabalariga qo'shayotgan hissasi kam bo'lsa-da, klubdagi eng ko'p maosh oladigan futbolchilardan biri bo'lib turibdi.
U bu mavsum APLda 10 uchrashuvda maydonga tushdi. Shularning faqatgina bittasida ilk daqiqalardan o'ynadi.

4. ALEKSIS SANChES - haftasiga 350 ming evro maosh

Yanvar oyining eng shov-shuvli voqealaridan biri Aleksis Sanchesning "Arsenal"dan "Manchester Yunayted"ga ko'chib o'tgani bo'lgandi. Biroq hozircha o'sha vaqtda bildirilgan umidlar o'zini oqlamayapti. Chililik futbolchi "Old Trafford"da oldingidek o'yin ko'rsata olmayapti.

O'tgan yozda u "Manchester Siti"ga o'tishi kerak edi, biroq qishda MYu unga ko'proq maosh taklif qildi. Ayni damda u haftasiga 350 ming evro maosh olmoqda. Mankunianliklar darvozaboni David De Xea esa haftasiga 200 ming evro maosh oladi.
Sanches keyingi mavsumda o'zini ko'rsatishiga barcha ishonmoqda. Ammo uning "Yunayted"dagi yarim yilligiga yuqori baho berib bo'lmaydi.

3. GARET BEYL - haftasiga 350 ming evro maosh

Beylning qanday mahoratli futbolchi ekanligini barcha biladi.

"Real" uni rekord darajadagi mablag'ga sotib olganidan keyin, undan ko'prog'ini kutishgandi.
Biroq Beyl jarohatlar girdobiga tushib qolaverdi va uning jamoada qiladigan ish ko'lami pasayib ketdi. Natijada uning "Real"ni tark etishi borasidagi mish-mishlar ko'payib ketdi.
Ammo har doim yuqori maosh oladigan futbolchidan "sehrgarlik"ni kutishadi. Hozircha Beyl haftasiga 350 ming maoshni oqlay olmayapti.

2. GRATsIANO PELLE - haftasiga 290 ming evro maosh

Pellening faoliyatiga nazar tashlasak, hayotida yaxshi kunlari bo'lganini ko'ramiz. U 2016 yilning yozida "Shandon Luneng" safiga borib qo'shildi.

Pelle "Feyenoord" tarkibida bir mavsumda 27 gol urgan vaqtlari ham bo'lgan. Biroq Xitoy chempionati kuchlilik qilmoqda chog'i, u o'zini ko'rsata olmayapti.
Haftasiga 290 ming evro maosh oladigan Pelle bu mavsumda 10 uchrashuvda qatnashib, 3 gol kiritdi.

2. GRATsIANO PELLE - haftasiga 290 ming evro maosh

Pellening faoliyatiga nazar tashlasak, hayotida yaxshi kunlari bo'lganini ko'ramiz. U 2016 yilning yozida "Shandon Luneng" safiga borib qo'shildi.

Pelle "Feyenoord" tarkibida bir mavsumda 27 gol urgan vaqtlari ham bo'lgan. Biroq Xitoy chempionati kuchlilik qilmoqda chog'i, u o'zini ko'rsata olmayapti.
Haftasiga 290 ming evro maosh oladigan Pelle bu mavsumda 10 uchrashuvda qatnashib, 3 gol kiritdi.
1. OSKAR - haftasiga 400 ming evro maosh

Aslida buni tushuntirib o'tirish shart emas. U 2017 yilda "Chelsi"dan "Shanxay SIPG"ga 61 mln evro evaziga transfer qilindi. Biroq u o'ziga sarflangan mablag'larni oqlashni uddalamayapti.

Braziliyalik futbolchi Xitoyda 400 ming evro maosh oladi. U jamoasining deyarli har bir uchrashuvida asosiy tarkibida maydonga tushadi.
Biroq maoshni hisobga olsak, o'yini bunga yarasha emas.

Mirjalol Normatov tarjimasi
Manba : sportskeeda.com
_-RAMSEY-_
17-may 2018, 19:36
Oxirgi fikrlar
2740
Okang Media [off]
Dembeleni pulini ham messiga berish kerak
18 May 2018, 14:47
Javob yozish
2423
Marco Reus [off]
Qoil zo'r blok chiqibdi Adminga rahmat Shunaqa noodatiy yangiliklardan ko'paytirsh kere shunday davom etiyla rahmat
17 May 2018, 23:09
Javob yozish
2480
!!!_BEXZOD_MESSI_!!! [off]
Dembele hali oqliydi! Qani Dembele olg'a!!!
17 May 2018, 20:21
Javob yozish
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Yo'nalish
Foydalanuvchilar: 7 kishi
Mehmonlar: 138 kishi
Ro'yxatdan o'tish
Bosh sahifa
© UZBARCA.NET-2018