Assalomu alaykum, Гость!
Foydalanuvchi sifatida kirish

Bartomeu hafa qilgan futbolchi "Fulxem"ga o'tdi.

.- Yuklab olish

Yangi mavsumini Premer Ligada boshlaydigan “Fulhem” klubi yirik transferni amalga oshirishning uddasidan chiqdi.

Klubning bu haqida rasmiy saytida xabar berdi. Seri “Fulhem” bilan 4 yillik shartnorma imzolagan. Transfer qiymati va boshqa detallari hozircha oshkor qilingani yo'q.

Kot-d’Ivuar lik 26 yoshli yarim himoyachi Jan Mishel Seri “Fulhem” a'zosiga aylandi. 2015 yildan beri Frantsiya chempionati vakili “Nitstsa” safida to'p surib kelgan va 100 dan ortiq o'yinda maydonga tushgan va 2016/17 mavsumda Frantsiya chempionati ramziy terma jamoasidan joy olgandi. U terma jamoa safida 2014 yildan buyon 18 o'yinda maydonga tushgan.

Serining “Fulhem”ga o'tishi kutilmagan hol bo'ldi deyish mumkin. Chunki futbolchi bilan uzoq vaqt “Barselona” qiziqib ketgan va hatto Serining o'tgan yili Kataloniyaga ko'chib o'tishiga bir baxya qolgandi.


Ushbu transfer oynasida esa, futbolchining Londonni nomdorroq klublari – “Arsenal” yoki “Chelsi” klublari safidan joy olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
!!!_RESPECT_!!!
12-iyul 2018, 17:21
Oxirgi fikrlar
329
Alisher Abduraimov [off]
Uvol ketibdi bola
12 Iyul 2018, 21:52
Javob yozish
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Yo'nalish
Foydalanuvchilar: 5 kishi
Mehmonlar: 62 kishi
Ro'yxatdan o'tish
Bosh sahifa
© UZBARCA.NET-2018