Assalomu alaykum, Гость!
Foydalanuvchi sifatida kirish

Aleksander Cheferin UEFA prezidentligi uchun yagona nomzod bo'ldi

.- Yuklab olish

UEFAning amaldagi prezidenti Aleksander Cheferin tashkilot rahbarligi uchun saylovda yagona nomzod sifatida ishtirok etadigan bo'ldi. Bu haqda UEFA matbuot xizmati xabar bermoqda.Xabarda aytilishicha, saylov uchun nomzodlik arizalarini qabul qilish kecha, 7 noyabr kuni to'xtatilgan va bu vaqtga qadar faqat sloveniyalik funktsioner ushbu lavozimni egallash istagini bildirgan.UEFA prezidentligi uchun ovoz berish jarayoni 2019 yilning 7 fevralida, tashkilotning Rimda chaqiriladigan Kongress majlisida bo'lib o'tadi. Tashkilot rahbari bir vaqtning o'zida FIFAda vitse-prezident lavozimini ham egallaydi.Ma'lumot uchun, Cheferin tashkil etilganiga 60 yildan oshgan UEFAning ettinchi prezidenti sanaladi. U 2016 yil sentyabr oyidan buyon Evropa futboliga rahbarlik qilib kelmoqda. Bunga qadar Sloveniya futbol assotsiatsiyasi prezidenti, UEFAning Huquqiy qo'mitasi raisining o'rinbosari lavozimlarida ishlagan
Paulo_Dybala
8-noyabr 2018, 20:40
Oxirgi fikrlar
Ushbu yangilikga fikr qoldirilmagan, birinchi bo'ling :)
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Yo'nalish
Foydalanuvchilar: 4 kishi
Mehmonlar: 88 kishi
Ro'yxatdan o'tish
Bosh sahifa
© UZBARCA.NET-2018