Assalomu alaykum, Гость!
Foydalanuvchi sifatida kirish

Vaverde Malcomdan himoyalanishni o'rganishini so'ragan

Chempionlar Ligasi doirasida o'tgan Interga qarshi uchrashuvda (1:1) urilgan gol Malkomga juda ko'p e'tibor berilishiga sabab bo'ldi.

Braziliyalik uchun qiyin boshlangan mavsum va nihoyat silliqlanib borayotganga o'xshaydi, va u Ernesto Valverde unga nimaning ustida ko'proq ishlashi kerakligini uqtirganini gapirib berdi.

"Urgan golim menga maydonda ko'proq daqiqalar hadiya etadimi yo'qmi bilmayman, buni faqat bosh murabbiy hal qiladi.

Murabbiy menga himoyaviy jihatlarimni rivojlantirishimni so'radi. Bosh murabbiyning o'z rejalari va fikri bo'ladi, shuning uchun men sabrli bo'lishim kerak.

Gol ajoyib bo'ldi, menga bu yerda hamma yordam beryapti, jamoadoshlarim meni sabrli bo'lishga chorlashmoqda, bu esa mening o'zimga bo'gan ishonchimni oshiryapti. Ajoyib jamoadoshlarim borligi uchun xursandman, menga boshqa hech narsa kerak emas, ular meni klubda iliq kutib olishdi".

Manba | Catalunya Radio (Mundo Deportivo orqali)

Malkomni goli chiroyli bo'ldi, ammo uning kelajakda qanchalik rivojlanishi goldan ham muhimroq. Barselona yakshanba kuni Real Betis (La Liga) bilan o'ynaydi, nima deb o'ylaysiz Malkom asosiy tarkibda maydonga tushadimi? Sizning fikringizni bilish bizga muhim.
BARCA_N1
8-noyabr 2018, 22:36
Oxirgi fikrlar
2703
Mirsaid fcb Majidov [off]
Asosiyda ko'proq tushirish kerak yaxshi o'ynaydi ko'proq imkon berish kerak
9 Noyabr 2018, 10:22
Javob yozish
299
Islom Barsa [off]
Ajoyib o'yinchi lekin asosiy da tuwiwga haqli imkon beriw k.k navbat bilan hammasiga imkon beriw k.k zaxirada o'tiriwni xoxlamaydi hamma
9 Noyabr 2018, 04:48
Javob yozish
3413
Mamur Azmetov [off]
Kata imkoniyat ozini korsat Malkom
9 Noyabr 2018, 01:28
Javob yozish
346
AZIZ BOZOROV [off]
dembeleni qorni ogrib bugun mashgulotlarda qatnashmabdi
8 Noyabr 2018, 23:23
Javob yozish
2817
Akbar Yuldoshev [off]
Tushirishi Kere. Coutinho Ham Jarohat Obdi Messida Og'riq Bor Hali Ham Dembele Va Malcom Qarama Qarshi Qanotda Sinab Ko'rish Kere
8 Noyabr 2018, 22:44
Javob yozish
2817
Akbar Yuldoshev [off]
Malcom Bo'shashma Umdimiz Katta Sendan
8 Noyabr 2018, 22:43
Javob yozish
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Yo'nalish
Foydalanuvchilar: 3 kishi
Mehmonlar: 84 kishi
Ro'yxatdan o'tish
Bosh sahifa
© UZBARCA.NET-2018