Assalomu alaykum, Гость!
Foydalanuvchi sifatida kirish

Umtiti endi "avtomatik" tanlov emas

Samuel Umtiti Barselona safiga yaqin orada qaytishi kutilmoqda. U shanba oqshomida Chempionlar Ligasi doirasida o'tgan uchrashuvning (Inter, 1-1) qaydnomasiga kiritilmagan edi, ammo u mashg'ulotlarda ishtirok etdi va uning qaytishiga oz qoldi.

Biroq safga qaytgan payti u boshlang'ich tarkibdagi o'rnini saqlab qoladimi? Ma'lumki, jarohatidan oldin fransuz futbolchi Valverde tomonidan avtomatik tarzda asosiy tarkibga qo'yilar edi Ammo uning yo'qligida Klemen Langle o'zini juda yaxshi ko'rsatdi. Ba'zilar hatto Langlening o'rniga Pike zaxiraga o'tkazilishi kerakligini ta'kidlashdi.

Umtiti "TOP XI"ga qaytishi mumkin, lekin bu bir necha o'yinlar oldin bo'lgani kabi aniq emas. Bu hech qanaqasiga Umtitining aybi emas. U shak-shubhasiz top transfer. Barchasini jamoaga juda yaxshi moslashgan Langle so'roq ostiga qo'ymoqda.

Bularga qaramay, Barselona gol urishdan charchamayapti. Balki Umtiti jamoaga ko'proq yordam berar va Ter-Stegenga quruq seriyalar o'tkazishga yordam berar. Milliy terma jamoga kelganda Umtiti Fransiyaning asosiy himoyachisi, Langle esa hali bir marta bo'lsa ham Fransiyada o'ynamadi.

Shubhasiz, Barselona hozir ajoyib vaziyatda, Valverdening ikki nafar ajoyib, yosh, chapaqay, fransuz o'yinchilari mavjud.
BARCA_N1
8-noyabr 2018, 22:39
Oxirgi fikrlar
299
Islom Barsa [off]
Navbat b.n o'ynatiw k.k
9 Noyabr 2018, 04:42
Javob yozish
2817
Akbar Yuldoshev [off]
Ikkalasi Ham Ajoyib Himoyachilar. Admin Ishlarizga Omad Charchameng
8 Noyabr 2018, 22:42
Javob yozish
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Yo'nalish
Foydalanuvchilar: 6 kishi
Mehmonlar: 78 kishi
Ro'yxatdan o'tish
Bosh sahifa
© UZBARCA.NET-2018