Assalomu alaykum, Guest!
Foydalanuvchi sifatida kirish

«Barselona» super yulduzini sotib yuboradimi?

.- Yuklab olish

ochilishiga oz vaqt qolgani sari klublar faollik bilan o'zlari uchun mos bo'lgan futbolchilarni qidirishga tushib ketishdi. Bugun e'tiboringizga amalga oshishi kutilayotgan eng shov-shuvli transferlar haqida ma'lumot berib o'tamiz.
Fellipe Koutino :«PSJ» yoki «Manchester Yunayted»
Darhaqiqat, «Barselona» braziliyalik futbolchining narxi tushib ketishidan avvalroq uni sotib yuborish payida. Ayni damda unga potentsial haridor topish klubga qiyinchilik tug'dirmayapti. Sababi, Koutinoning Katoloniyadagi omadsiz mavsumlariga qaramasdan uning iqtidoriga hech kim shubha qilmayapti. «Marca» nashrining habar berishicha hozirda «PSJ» bu transferni amalga oshirishga yaqin turibdi. Boz ustiga, shu kunlarda Kotaloniyada bo'lgan Neymar, vatandoshini Parijga ko'chib o'tishga undagani haqida ham faktlar mavjud. Agarda bu transfer amalga oshsa «PSJ»dagi braziliyalik futbolchilar soni 5 taga etadi!
Keylor Navas «Real Madrid»ga kerak emas!
O'zining ajoyib o'yinlari bilan «Real Madrid»ning tarixiy g'alabalariga munosib hissa qo'shgan darvozabon qanchalar kuchli futbol namoyish etmasin, baribir klubdan ketadigan bo'ldi. Gap shundaki, Perez Kurtua uchun anchagina pul sarflagan va bu pullarni to'liq oqlash maqsadida unga yana bir mavsum o'ynash uchun imkoniyat beriladi. Jamoaning ikkinchi darvozaboni sifatida Zidan o'z o'glini ko'rsatmoqda. O'z-o'zidan Keylor Navas klub uchun keraksiz o'yinchiga aylanib qolmoqda. «Tuttosport» nashrining xabar berishicha darvozabonni o'z safiga qo'shib olish uchun «Roma» klubi kurashga qo'shilgan va Keylorga asosiy tarkibda joyni va'da qilgan. Transferning qiymati 10 million atrofida bo'lishi taxmin qilinmoqda!
Suarez endi «Barselona»ga kerak emas!
EChLdagi mag'lubiyatdan so'ng «Barsa» o'zi uchun ijobiy xulosalar chiqardi va birin ketin yangi futbolchilarni o'z safiga qo'shib olishda davom etmoqda. Gollandiyalik ikki yigitcha, Grizmann kelgani etmaganidek, klub «Arsenal» hujumchisi Lyagazettni harid qilmoqchi. Hujumchi tezkor va «Barselona»ning o'yin falsafasiga tezda ko'nikib ketishi mumkin. Bundan tashqari, klub futbolchini o'z tarkibiga qo'shib olish uchun Luis Suarezni ham qo'shib berishlari mumkin deya xabar bermoqda «Mundo Deportivo» nashri. Shuningdek, «Arsenal» ham Suarezni tarkibiga qo'shib olishga qarshi emas. Bu transfer amalga oshadigan bo'lsa «Arsenal» yaxshigana pul ishlab olishi mumkin!
Miralim Pyanich
«Yuventus» klubi yozda 3 ta futbolchini sotishi haqida o'z saytida xabar berganini eshitgan bo'lsangiz kerak. Bu ro'yxatda: Barzali, Dibala, Piyanich o'rin olgan. Eng qizig'I shundaki, maydon markazida ajoyib o'yinlari bilan hammaning e'tiboriga tushgan Pyanichning nima uchun sotib yuborilishi tushunarsiz. Shunga qaramasdan futbolchi bundan hech narsa yutkazmaydi. Unga hozirda «Manchester Siti» va «Real Madrid» jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Mundo Deportivo» nashrining xabar berishicha, «Qaymoqranglilar» Pogba bilan kelisha olmayapti. Frantsuz juda katta maosh so'ramoqda va o'z shartlarini klub oldiga qalashtirib tashlagan! «Real Madrid» Pogba variyantidan voz kechgan holdan markazga Pyanichni olib kelmoqchi. Shunda ular kattagina miqdordagi pulni tejab qolgan bo'ladi.
Husanjon
16-may 2019, 16:45
Oxirgi fikrlar
3938
!!!_KiNG_DiMA_!!!_JR [ban]
Mbappe kerak bizaga
16 May 2019, 16:46
Javob yozish
Yo'nalish
Foydalanuvchilar: 1 kishi
Mehmonlar: 57 kishi
Ro'yxatdan o'tish
Bosh sahifa
© UZBARCA.NET-2019