Assalomu alaykum, Guest!
Foydalanuvchi sifatida kirish

Laliga va Ispaniya futbol federasiyasi orasidagi muommo echildi

.- Yuklab olish

Ispaniya La ligasi va Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi o'rtasida yuzaga kelgan muammo yuzasidan sud qaror chiqardi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.

Eslatib o'tamiz, La Liga doimgidek chempionat o'yinlarini juma, shanba, yakshanba va dushanba kunlari o'tkazishni istagan bo'lsa, federatsiya uchrashuvlarni faqat dam olish kunlari (shanba va yakshanba) o'tkazishga ko'rsatma bergan edi. Bundan norozi bo'lgan Liga rahbariyati sudga murojaat qilgan edi.

Sudya Andre Sanches Magro esa Ispaniya chempionati o'yinlarini juma kuni ham o'tkazish haqida qaror chiqardi. Dushanba kuniga esa o'yinlar qo'yilmaydigan bo'ldi.

Shu tariqa, 2019/2020 yilgi mavsumning ilk o'yini 16 avgust, juma kuni bo'lib o'tadi. "Atletik" Bilbaoda "Barselona"ni qabul qiladi.
ASNET
11-avgust 2019, 14:45
Oxirgi fikrlar
Ushbu yangilikga fikr qoldirilmagan, birinchi bo'ling :)
Yo'nalish
Foydalanuvchilar: 0 kishi
Mehmonlar: 41 kishi
Ro'yxatdan o'tish
Bosh sahifa
© UZBARCA.NET-2019