Assalomu alaykum, Guest!
Foydalanuvchi sifatida kirish

Grant klublarda istefo yaqin.

.- Yuklab olish

Zamonaviy futbolda murabbiylarning tutgan o'rni beqiyos. Darhaqiqat, aynan ular targ'ib qiladigan o'yin falsafasi jamaoning natijalariga to'g'ridan-to'gri ta'sir o'tkazadi. Natijalar ko'ngildagidek bo'lmasa, demak jamoa murabbiyi o'z o'rnini boshqasiga bo'shatib berishi mumkin. Sezganingizdek, bugun iste'fosi yaqin bo'lib borayotgan murabbiylar haqida so'z boradi.
Zidan
Qanchalar g'alati tuyulmasin, biroq Zidanning iste'fosi tobora yaqinlashmoqda. Murabbiy jamoasiga 3 bor EChL g'olibligini taqdim etgan bo'lsada, bu «Real Madrid» jamoasi va u erda hamma narsa bo'lishi mumkin.
Zidan jamoaga qaytganidan so'ng, deyarli hech narsa o'zgargani yo'q. U hali-hamon eski tarkibga suyanmoqda. Jamoaning yosh futbolchilari esa, yozda klubni tark etdi. Muxlislar esa, Zidanning g'alabari zamirada Ronalduning mehnatlari yotganini tobora ko'proq xotirlashmoqda. Yangi mavsumda Zidan va Perez o'rtasida janjallar yuz bergani hech kimga sir emas. Perez Pogbani harid qilmadi, Hames va Beylni tarkibda olib qoldi. Shu yo'sinda klubda kimning so'zi o'tishini ommaga ko'rsatib qo'ydi. Agarda voqealar shu tempda ketsa, Zidan «Real Madrid»da uzoq qolmasligi aniq. «Goal 24» nashri tarqatgan xabarlarga ko'ra, Joze aynan Zidanning ishdan ketishini kutmoqda. Murabbiy «Real Madrid»dan taklif kutgani bois barcha takliflarni rad etmoqda. Ko'ramiz, voqealar rivoji qanday ko'rinish oladi.
Ernesto Valverde
Ernesto ikki bor sharmandali mag'lubiyatlar sababli EChLdan chiqib ketgan bo'lsada, unga klub ishonishda davom etmoqda. Shunga qaramay murabbiyning kamchiliklari juda ko'p. Uning qo'l ostida akademiyadagi yoshlar yangi darjaga ko'tarila olmayapti, klubga kelgan yangi futbolchilar esa umuman moslasha olmayapti, butun jamoaning o'yini Messi atrofida qurilgani bois, argentinalik ishtirok etmagan uchrashuvlarda jamoa o'zini yo'qotib qo'ymoqda. Umuman olganda, Valverde uchun bu so'nggi imkoniyat. Klub uning iltimosiga binoan yangi mavsum uchun kuchli futbolchilarni harid qildi. Agarda, natija va o'yin yangi darajaga ko'tarilmasa, murabbiy mavsum so'ngiga qadar ham etib bormasligi mumkin.
Niko Kovach
«Bavariya» jamoasi uning qo'l ostida o'tgan mavsumda qiyinchilik bilan chempionlikka erishgan bo'lsa, yangi mavsumdagi «super kubog» bahsida «Borussiya Dortmund»dan qahshatqich zarbani qabul qilib oldi.
Niko Kovach targ'ib qilayotgan futbol klub muxlislari tomonidan zerikarli deb atalsada, uning mashg'ulotlarda yordamchilari bilan xorvat tilida so'zlashayotgani hammaning g'azabini keltirmoqda. Shunga qaramay Rahbariyat unga ishonishda davom etmoqda. Jamoaning avvalgi darjasiga chiqishi uchun yozda klub bir nechta super haridlarni amalga oshirgan klub Kovachga so'nggi imkoniyatni taqdim etmoqda.
Agarda, natijalar nemislar kutganidek bo'lmasa, Niko Kovach tez orada o'z o'rnini bo'shatib berishiga to'g'ri keladi. Uning o'rnini egalashi mumkin bo'lgan bir nechta yosh va iqtidorli murabbiylar mavjud.
Tomas Tuxel
Ko'plab g'arb nashrlarining yozishicha, Tomas top murabbiylar sirasiga kirmaydi. To'g'ri u yulduz futbolchilar uchun maydonda pozitsiya tanlashda adashmasligi mumkin, biroq o'yin paytida vaziyatni tubdan o'zgartirib yubora oladigan darajda mahoratli emas. Ayniqsa, o'tgan mavsumda «Manchester Yunayted»dan qabul qilib olingan mag'lubiyatning bosh sababchisi ham aynan Tuxel ekani hech kimga sir emas.
Uning Frantsiyadagi yutuqlari esa, raqobatsizlik mahsuli deb baholanmoqda. Bundan tashqari, PSJ klubining yulduzlari murabbiyni deyarli hurmat qilishmaydi va uning ko'rsatmalari har doim ham amalda qo'llanilmaydi. Boz ustiga, klubdagi ichki muhit achinarli xolatga kelib qolgan. Agarda klub EChLdagi o'yinlarda o'zini ko'rsata olmasa, Tomas Tuxelni klubda olib qolishdan hech qanday naf yo'q.
Akmal_Temirov
12-sentabr 2019, 07:37
Oxirgi fikrlar
551
MESSI [off]
Out molverde
12 Sentabr 2019, 09:21
Javob yozish
Yo'nalish
Foydalanuvchilar: 0 kishi
Mehmonlar: 88 kishi
Ro'yxatdan o'tish
Bosh sahifa
© UZBARCA.NET-2019