Assalomu alaykum, Guest!
Foydalanuvchi sifatida kirish

Klublarning antiqa raxbarlari

.- Yuklab olish

Aurelio De Laurentis
Italiyaning «Napoli» klubi prezidenti nafaqat futbol olamida, balki Kino olamida ham juda mashxur. U o'z faoliyati davomida 100 dan ortiq filmlarga homiylik qilibgina qolmay, ularning suvratga olish jarayonida bevosita ishtirok etgan.
Kino olamida ortirilgan tajriba evaziga De Laurentis OAV bilan bo'ladigan uchrashuvlarda ajoyib intervyular bilan hammani hayratda qoldirishni xush ko'radi. Biz u tomonidan aytilgan eng mashxur so'zlarni e'tiboringizga havola qilamiz.
«Muxlislar mendan nega katta transferlarni amalga oshirmaysiz deb so'rashadi. Javobi juda oddiy. Nima uchun o'z millionlarimni transferlarga sarflashim kerak? Muxlislar uchunmi? Axir ular ham doimmo klubning orginal futbolkalarini harid qilishmaydiku! Mendan trasnferlarni talab qilishadi, biroq klub futbolkalarini sohtasini sotib olishadi!»
«Edinson Kavanini ortga qaytarish? Hazillashyapsizmi? Kechagi ovqatni bugun istib eganingiz bilan uning avvalgi ta'mini his eta olmaysiz»
«La'nati Rayola! U juda yoqimsiz inson. Aynan uning ochko'zligi tufayli transferlar amalga oshmoqda. Hozirda u yana bir futbolchimga ko'z tikib yurganidan xabarim bor. Rayola faqat mening o'ligim ustidan o'tibgina klubdan futbolchilarni olib ketishi mumkin»
“Iguain men sababli «Napoli»ni tark etgani haqida intervyu beribdi. Qiziq, nega shu ishni ertaroq amalga oshirmadi. Men yomon bo'lsam, nima uchun menga shuncha yil chidab keldi? Bundan ko'rinib turibdiki, u yoki aktiyor, yoki ikkiyuzlamachi. Men Kino sohasini yaxshi tushunganim uchun undan aktiyor chiqmasligini bilaman. Demak u ikkiyuzlamachi!”
Xesus Xil
«Atletiko Madrid» klubi tarixidagi eng kuchli prezidentlardan biri. U o'zi istaganicha qarorlar qabul qilar, jurnalistlarni omma oldida haqorat qilar, bazan ochiqchasiga mushtlashib ketar edi.
Xesus «Atletiko Madrid»ni 1996-yilda «La Liga»da g'olib chiqishida katta ro'l o'ynaga. Aynan uning davrida klub bazasi va stadioni eng zamonaviy anjomlar bilan jihozlanibgina qolmay, klub akademiyasida ham juda katta hajmdagi ish olib borilgan.Shunga qaramasdan u tomonidan aytilgan o'tkir so'zlar hali-hamon trendda
«Ayaks jamaosiga e'tibor qarating! Chapda 4 ta qora tanli futbolchi. O'ng tomonda ham 5 ta qoratanli futbolchi. Nima bu Kongo terma jamoasimi?!»
«Bugungi mag'lubiyatdan so'ng, futbolchilarni stadionga olib chiqib avtomatda o'qqa tutish kerak. Ularning barchasi nodon va juda pulga o'ch. Futbol bu o'yin emas, unda g'alaba va mag'lubiyatning ta'siri ikki xil»
Xesus Xilga shifokorlar stadionga borishni ma'n etgan bo'lsada, u o'z bilganicha ish tutishda davom etaverdi va oqibatda yurak huruji sababli dunyoni tark etdi. U klub tarixidagi eng nomdor shaxslardan biri sifatida muxlislar xotirasida abadiy qolmshi aniq!
Silvio Berluskoni
Davlat rahbari va «Milan» jamoasining prezidenti sifatida deyarli 20 yil davomida ish olib borgan Silvio 2500 bor 160 ta sabab tufali sud zalida qonun oldida javob berishga majbur bo'lgan.
Ishbilarmon shu kunga qadar sud ishlarini ortidan 200 millon evro zarar ko'rgan bo'lsada, biror marotaba jinoiy javobgarlikka tortilmagani uning naqadar ayor inson ekanligigdan dalolat.
Uning jinoiy o'tmishiga qaramasdan, «Milan» jamoasi o'sishdan to'xtab qolgani yo'q. Bir necha bor EChLda g'olib chiqqan «Milan» dunyoning eng qudratli klublaridan biriga aylana oldi. Silvio atrofidagi gap-so'zlarga qaramasdan, «Milan» muxlislari uni hurmat qilishadi.
Jiji Bekali
Ruminiyaning «Styaua» klubi prezidenti Jiji Bekali o'z intervyularida mafiyaga aloqador inson ekanligini yashirib o'tirmaydi.
Bundan tashqari, Bekali «Styaua» rahbari bo'lgach, klubning ayollar jamoasini tarqatib yuboradi. Bu ham etmaganidek, futbolchilarni klub bazasiga qo'l telefonida kelishini ta'qiqlab qo'yadi.
Boz ustiga, u bir jinsli turmushga qarshi qattiq kurash olib boradigan jamiyatning ham prezidenti sanaladi. Cho'rtkesar va qaysarligi bilan dong taratgan Bekali o'z intervyularida bunday insonlarning futbol o'ynashga haqqi yo'qligini va agarda Ruminiya chempionatida shunday futbolchi paydo bo'lsa, uning holiga maymunlar yig'lashini ko'p bor ta'kidalab o'tgan. Endi u tomonidan berilgan qiziqarli intervyularidan birini kultirib o'tamiz.
“Men «Ayaks» prezidenti bilan uchrashdim, biroq u bilan tushlik qilishdan bosh tortdim. Nega deysizmi? Axir u juda arzon poyabzal kiyib olgan edi.Ochig'I bunday insonlar bilan so'zlashishdan ham ma'ni yo'q”
"Ochig'i ayol zotining qadami etgan joydan qochish lozim! Men uz pullarimni klub uchun sarflayabmanmi demak istaganimcha qaror qabul qilishim mumkin."
"Men millatchiman! Bizning chempionatda boshqa irq vakillari uchun joy yo'q! E'tibor bering birorta rumin asosiy tarkib futbolchisi emas"
Akmal_Temirov
12-sentabr 2019, 07:45
Oxirgi fikrlar
2242
Imom Qurbonov [ban]
Barisi Nonxo'rlarku
12 Sentabr 2019, 13:28
Javob yozish
Yo'nalish
Foydalanuvchilar: 0 kishi
Mehmonlar: 77 kishi
Ro'yxatdan o'tish
Bosh sahifa
© UZBARCA.NET-2019