Assalomu alaykum, Guest!
Foydalanuvchi sifatida kirish

Mayka Richards: “Futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi bu Messi...”

“Manchester Siti” va Angliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Mayka Richards hujumchilar Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.
-Kimni futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb bilasan?
-Men Messini aytgan bo'lardim. Chunki men Ronalduga qarshi maydonga tushganman va uni ikki marta to'xtatib qolishning uddasidan chiqqanman.
-Bu shunchalik oson ishmidi?
-Men buni oson deb atamasdim (kulib). “Old Trafford”da bo'lib o'tgan bahsda men unga qarshi muvaffaqiyatli o'ynay olgandim. Messini esa to'xtatib qolish imkonsiz edi.
Lionel kengroq hududda o'z ustunligini namoyish etadi. Sen uni “qo'lga tushirdim” deb o'ylaysan, ammo u sen o'ylagan narsani teskarisini qiladi. Uning qanday harakatlanishiga qarshi reja tuzib bo'lmaydi.
U to'pni egallashi bilan unga qarshi qo'pollik ishlatib bo'lsada, to'xtatish chorasini qilish lozim. Messini ritmga tushib olishiga yo'l qo'yib bo'lmaydi. Agar shunday bo'lsa, uni keyin to'xtatib qolib bo'lmaydi.
Ular (Messi va Ronaldu) – barcha davrlarning eng yaxshi ikki futbolchisi. Raqamlar ham buni tasdiqlaydi. Ammo men Ronalduga nisbata Messiga nisbatan o'ynash qiyinroq degan bo'lardik”, deydi Richards.
Sherjahon
9-noyabr 2019, 11:42
Oxirgi fikrlar
36
Jek [ban]
Uzbarca.com Barselona fanatlari sayti
yaqinda super loyiha boshlanadi

O'zbekistondagi eng zo'r Barselona muxlislari sayti

Barselona haqida eng so'ngi yangiliklar

11 Noyabr 2019, 00:26
Javob yozish
Yo'nalish
Foydalanuvchilar: 0 kishi
Mehmonlar: 35 kishi
Ro'yxatdan o'tish
Bosh sahifa
© UZBARCA.NET-2019