Assalomu alaykum, Guest!
Saytga kirish

«Barselona» futbolchilari maoshining qisqarishiga rozi bo‘lishmadi

«Barselona» klubi rahbariyati koronavirus pandemiyasi tufayli futbolchilarga maoshini qisqartirishni taklif qildi.

Marca xabariga ko‘ra, bu taklif futbolchilarni qoniqtirmadi va ular rad javobini berishdi.

Endi rahbariyat va futbolchilar o‘rtasidagi muzokara davom ettiriladi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi tufayli chempionatlarning to‘xtatilishi natijasida Yevropaning ko‘plab klublari katta miqdorda iqtisodiy zarar ko‘rmoqda. Bunday sharoitda klublar futbolchilarning maoshini qisqartirish orqali vaziyatdan chiqib ketishga harakat qilishmoqda.

Manba: www.tribuna.uz
Admin Admin
25-mart 2020, 01:52
Oxirgi fikrlar
Ushbu yangilikga fikr qoldirilmagan, birinchi bo'ling :)
Yo'nalish
Foydalanuvchilar: 0 kishi
Mehmonlar: 22 kishi
Ro'yxatdan o'tish
Bosh sahifa
© UZBARCA.NET-2020