Assalomu alaykum, Guest!
Saytga kirish

«Barselona» Koutino borasida bir qarorga keldi

«Bavariya»da ijara asosida harakat qilayotgan yarimhimoyachi Filippe Koutino mavsum so‘nggida katta ehtimol bilan «Barselona»ga qaytadi.

Marca’ning xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi rahbariyati braziliyalik futbolchini 80 mln yevroga sotishni niyat qilgandi, biroq bu borada aniq takliflar bo‘lmadi. Bundan tashqari, koronavirus pandemiyasi ham ushbu transferning amalga oshishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Shu bois, «Barsa» Koutinoni ortga qaytarib, 2021 yilgacha kutib turmoqchi.

Oldinroq, Koutinoga Londonning «Chelsi» klubi tomonidan qiziqish bildirilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Koutino joriy mavsumda Bundesligada 22 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 6 ta golga hammualliflik qildi.

Manba: www.tribuna.uz
Admin Admin
25-mart 2020, 18:24
Oxirgi fikrlar
Ushbu yangilikga fikr qoldirilmagan, birinchi bo'ling :)
Yo'nalish
Foydalanuvchilar: 0 kishi
Mehmonlar: 23 kishi
Ro'yxatdan o'tish
Bosh sahifa
© UZBARCA.NET-2020