Assalomu alaykum, Guest!
Saytga kirish

Obameyangdan voz kechishdi

«Barselona» klubi «Arsenal» forvardi Per-Emerik Obameyangni sotib olish fikridan qaytdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar bor e’tiborlarini «Inter» hujumchisi Lautaro Martinesga qaratishgan.

Ta’kidlash kerakki, bundan avvalroq Obameyangning o‘zi ham «Barselona»ga o‘tmoqchiligi va «kanonirlar» uning transferini 55 mln yevroga baholashayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Obameyang joriy mavsum «Arsenal» safida 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va 20 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: www.sports.uz
Admin Admin
25-mart 2020, 22:02
Oxirgi fikrlar
Ushbu yangilikga fikr qoldirilmagan, birinchi bo'ling :)
Yo'nalish
Foydalanuvchilar: 0 kishi
Mehmonlar: 26 kishi
Ro'yxatdan o'tish
Bosh sahifa
© UZBARCA.NET-2020