Assalomu alaykum, Guest!
Saytga kirish

«Barsa»ga kerak bo‘lmay qolgan futbolchi uchun «Man Siti», «Yuve» va «Tottenhem» kurash olib bormoqchi

«Barselona» rahbariyati portugaliyalik himoyachi Nelson Semeduni yozgi transfer oynasi vaqtida qo‘yib yuborishga hozirlanmoqda.

Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, «Manchester Siti» va «Yuventus» «Barsa» bilan futbolchi almashtirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga tayyor.

Ta’kidlanishicha, turinliklar Semeduning A Seriyaga kelishi uchun Miralem Pyanichni La Liga grandiga yuborishga tayyor. O‘z navbatida «shaharliklar» himoyachi uchun Joau Kanseludan voz kechishga tayyor.

Oldinroq, Semeduning transferi uchun Angliyaning boshqa bir yetakchi klubi «Tottenhem» ham qiziqish bildirayotgani ma’lum bo‘lgan edi.

Manba: www.sports.uz
Admin Admin
17-may 2020, 07:29
Oxirgi fikrlar
Ushbu yangilikga fikr qoldirilmagan, birinchi bo'ling :)
Yo'nalish
Foydalanuvchilar: 0 kishi
Mehmonlar: 7 kishi
Ro'yxatdan o'tish
Bosh sahifa
© UZBARCA.NET-2020