Assalomu alaykum, Guest!
Saytga kirish

«Barselona» germaniyalik futbolchi uchun 3 nafar o‘yinchisini taklif qildi

Kataloniyaning «Barselona» klubi Germaniyaning «Bayer» klubi yarim himoyachisi Kay Xaversni yozgi transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Sport1 xabar bermoqda.

Manbaning yozishicha, nemis vunderkindi uchun «Barsa» uch nafar futbolchisi – Karles Alene, Emerson va «Xetafe»da ijarada o‘ynayotgan Mark Kukureleni berishga tayyor. Leverkuzen klubi ushbu taklifni ko‘rib chiqmoqchi. Oldinroq, «Bayer» klubi o‘z tarbiyalanuvchisini 80 million yevroga baholayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Xavers ushbu mavsumda Bundesligada 22 o‘yinda maydonga tushib, 6 ta golga mualliflik qilgan.

Manba: www.tribuna.uz
Admin Admin
18-may 2020, 08:39
Oxirgi fikrlar
Ushbu yangilikga fikr qoldirilmagan, birinchi bo'ling :)
Yo'nalish
Foydalanuvchilar: 0 kishi
Mehmonlar: 12 kishi
Ro'yxatdan o'tish
Bosh sahifa
© UZBARCA.NET-2020