Assalomu alaykum, Guest!
Saytga kirish

Messi Neymarga dushmanmi?

PSJ hujumchisi Neymarning «Barselona» qaytishi eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan. Braziliya terma jamoasida o‘ynagan Felipe Melo ham bu borada o‘z fikrlarini bildirdi.

«Neymar Fransiyada zo‘r o‘ynamoqda va buni raqamlar tasdiqlaydi. Fransiyaning futboli ispanlar, inglizlar, italyanlar va nemislarnikidan keskin farq qiladi. U yerda o‘yin qattiq kurash va to‘qnashuvlarga boy. Neymar o‘shanday vaziyatda ham qoyilmaqom ishlarni qilyapti. Lekin Neymar PSJ bilan Chempionlar Ligasida g‘olib chiqmasa bo‘lmaydi», – deydi Felipe Melo.

Bundan tashqari, hozir «Palmeyras» sharafini himoya qilayotan tajribali futbolchi yosh hamyurtiga maslahat ham berdi.

«Neymar agar Chempionlar Ligasida g‘olib chiqmasa, darhol «Barselona»ga qaytishi kerak. Lekin bunda bitta katta muammo bor. Chunki «Barsa»ga kelgan odam Messiga ro‘baro‘ keladi. Bu esa haqiqiy muammo», – deydi Felipe Melo.

Manba: www.sports.uz
Admin Admin
18-may 2020, 08:46
Oxirgi fikrlar
Ushbu yangilikga fikr qoldirilmagan, birinchi bo'ling :)
Yo'nalish
Foydalanuvchilar: 0 kishi
Mehmonlar: 11 kishi
Ro'yxatdan o'tish
Bosh sahifa
© UZBARCA.NET-2020