Assalomu alaykum, Guest!
Saytga kirish

«Barselona» darvozaboni yangi mavsumni APL klubida boshlashi mumkin

«Barselona» klubi posboni Neto faoliyatini Angliya Premer Ligasida davom ettirishi mumkin.

Sunday Express nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 30 yoshli darvozabonga «Arsenal» qiziqib qolgan. «Kanonirlar» uni mavsumlar oralig‘idagi transferlar davrida sotib olishmoqchi.

London klubi bu borada «Atletiko», «Milan», «Betis» va «Sevilya» jamoalari bilan raqobat olib borishiga to‘g‘ri keladi. O‘z navbatida «Barselona» ham uni qo‘yib yuborishga tayyor.

Neto joriy mavsum bor yo‘g‘i 4 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 7 ta gol o‘tkazib yubordi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Manba: www.sports.uz
Admin Admin
18-may 2020, 08:51
Oxirgi fikrlar
Ushbu yangilikga fikr qoldirilmagan, birinchi bo'ling :)
Yo'nalish
Foydalanuvchilar: 1 kishi
Mehmonlar: 16 kishi
Ro'yxatdan o'tish
Bosh sahifa
© UZBARCA.NET-2020