Assalomu alaykum, Guest!
Saytga kirish

Hal qiluvchi palla. «Barselona» super transferni e’lon qiladi

«Barselona» orzusidagi futbolchi Lautaro Martinesni qo‘lga kiritish uchun ajoyib sxemani ishga soldi.

Kataloniyaliklar «Yuventus»ga Nelson Semeduni berib, Turindan Miralim Pyanich va Mittia De Shiloni olib kelmoqda. Qolaversa, turinliklar 25 million yevro ham to‘laydi.

«Barselona» rahbarlari «Yuventus»dan keladigan mablag‘ni Martinesni qo‘lga kiritish uchun tayyorlanayotgan byudjetga qo‘shadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Pyanich va De Shilo kataloniyaliklar bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishib bo‘lgan. Ayni paytda Semedu «Yuventus» rahbariyati bilan o‘z shartnomasini kelishyapti. Yaqin soatlar ichida bu transferlar e’lon qilinishi kutilyapti.

Bir futbolchi evaziga ikkitasini va qo‘shimchasiga mo‘maygina mablag‘ni qo‘lga kiritgan «Barselona» endi bor e’tiborini asosiy maqsadi – Lautaro Martines transferi amalga oshirishga qaratadi.

Manba: www.sports.uz
Admin Admin
18-may 2020, 08:55
Oxirgi fikrlar
Ushbu yangilikga fikr qoldirilmagan, birinchi bo'ling :)
Yo'nalish
Foydalanuvchilar: 0 kishi
Mehmonlar: 9 kishi
Ro'yxatdan o'tish
Bosh sahifa
© UZBARCA.NET-2020