Assalomu alaykum, Guest!
Saytga kirish

La Liga o‘yinlari har kuni o‘tkaziladi

Ispaniya qirolligi Futbol Federatsiyasi (RFEF) va La Liga rahbariyati koronavirus pandemiyasi tufayli qoldirilgan o‘yinlarni o‘tkazish rejasini kelishib olishdi.

AS xabariga ko‘ra, mavsum iyun oyidan davom ettiriladi, o‘yinlar esa haftaning har kuni o‘tkaziladi. Bunda bir klubning o‘yinlari orasidagi vaqt kamida 72 soatni tashkil qilishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionati koronavirus pandemiyasi tufayli 10 martdan beri o‘tkazilmayapti. Klublar 27 ta tur o‘yinlarida ishtirok etishgan. Jadvalda 58 ochko to‘plagan «Barselona» peshqadamlik qilyapti. Undan 2 ochko ortda borayotgan «Real» ikkinchi bo‘lib turibdi.

Manba: www.tribuna.uz
Admin Admin
18-may 2020, 20:47
Oxirgi fikrlar
Ushbu yangilikga fikr qoldirilmagan, birinchi bo'ling :)
Yo'nalish
Foydalanuvchilar: 1 kishi
Mehmonlar: 14 kishi
Ro'yxatdan o'tish
Bosh sahifa
© UZBARCA.NET-2020