Assalomu alaykum, Guest!
Saytga kirish

Ispaniyaning eng kuchli futbol hududi aniqlandi

Ispaniyaning Marca nashri eng kuchli futbol hududini aniqlash maqsadida o‘quvchilari orasida so‘rovnoma o‘tkazildi.

250 mingdan ortiq muxlis ishtirok etgan so‘rovnomada Kataloniya birinchi o‘rinni egalladi. Madrid ikkinchi, Andalusiya uchinchi, Baskoniya to‘rtinchi, Galisiya beshinchi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, La Ligada Kataloniya hududidan «Barselona», «Espanol» va «Jirona» klublari ishtirok etadi.

Bundan tashqari, har bir hududning ramziy jamoalari ham tuzildi.

Kataloniyaning barcha zamonlardagi ramziy jamoasi: Rikardo Samora, Joan Kapdevila, Jerar Pike, Karles Puyol, Karles Reshak, Xavi, Pep Gvardiola, Serxio Buskets, Fransesk Fabregas, Paulino Alkantara, Raul Tamudo.

Kataloniyaning amaldagi futbolchilari ramziy jamoasi: Kiko Kasilya, Jordi Alba, Jerar Pike, Mark Bartra, Ektor Belerin, Fransesk Fabregas, Serxio Buskets, Mark Roka, Serxi Roberto, Jerar Deulofeu, Mariano Dias.

Manba: www.tribuna.uz
Admin Admin
18-may 2020, 20:54
Oxirgi fikrlar
Ushbu yangilikga fikr qoldirilmagan, birinchi bo'ling :)
Yo'nalish
Foydalanuvchilar: 1 kishi
Mehmonlar: 14 kishi
Ro'yxatdan o'tish
Bosh sahifa
© UZBARCA.NET-2020