Assalomu alaykum, Guest!
Saytga kirish

«Barselona» mavsumiy abonement egalari bilan ziddiyatga bormoqda

«Barselona» klubi va mavsumiy abonement sotib olgan muxlislar o‘rtasida ziddiyat kelib chiqmoqda.

Ara nashri xabariga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» abonementlar qiymatining o‘tkazilmay qolgan o‘yinlar uchun to‘langan qismini qaytarmoqchi emas. Gap shundaki, agar mavsum davom ettirilgan taqdirda ham muxlislar qolgan o‘yinlarga kiritilmaydi.

«Barselona» rahbariyatining bu qarori hech kimga sir emas va muxlislarning prezident Xosep Mariya Bartomeu faoliyatiga nisbatan norozilik kayfiyatini oshirishi mumkin.

«Kamp Nou»dagi barcha o‘yinlarga kirish huquqini beruvchi mavsumiy abonementlarning narxi 1000 yevro atrofida. O‘yinlarga muxlislarning kiritilmasligi natijasida, abonement egalari 300 yevro atrofida zarar ko‘rishadi.

Manba: www.tribuna.uz
Admin Admin
18-may 2020, 20:59
Oxirgi fikrlar
Ushbu yangilikga fikr qoldirilmagan, birinchi bo'ling :)
Yo'nalish
Foydalanuvchilar: 0 kishi
Mehmonlar: 12 kishi
Ro'yxatdan o'tish
Bosh sahifa
© UZBARCA.NET-2020