Assalomu alaykum, Guest!
Saytga kirish

«Barselona» futbolchilari ikkinchi marta koronavirusga test topshirishdi

«Barselona» futbolchilari koronavirusga takroran test topshirishdi.

Sport.es xabariga ko‘ra, test natijalari jamoada koronavirus bilan xastalangan futbolchilar yo‘qligini ko‘rsatdi.

«Barselona» 10 kun oldin ham koronavirusga test topshirgan va bemorlar yo‘qligi aniqlangan edi.

Jamoa futbolchilari 9 may kunidan boshlab yakka tartibdagi mashg‘ulotlarni boshlab yuborishdi. 18 may kunidan guruh mashg‘ulotlariga ruxsat berildi.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionati koronavirus pandemiyasi tufayli 10 martdan beri o‘tkazilmayapti. Klublar 27 ta tur o‘yinlarida ishtirok etishgan. Jadvalda 58 ochko to‘plagan «Barselona» peshqadamlik qilyapti. Undan 2 ochko ortda borayotgan «Real» ikkinchi bo‘lib turibdi.

Musobaqaning davom ettirilish sanasi hali aniq belgilanmagan.

Manba: www.tribuna.uz
Admin Admin
19-may 2020, 00:05
Oxirgi fikrlar
Ushbu yangilikga fikr qoldirilmagan, birinchi bo'ling :)
Yo'nalish
Foydalanuvchilar: 0 kishi
Mehmonlar: 16 kishi
Ro'yxatdan o'tish
Bosh sahifa
© UZBARCA.NET-2020