Assalomu alaykum, Guest!
Saytga kirish

Xavi «Barsa»ga Mane va Obameyangdan ko‘ra kerakli futbolchini aytdi

«Barselona»ning sobiq yarim himoyachisi Xavi kataloniyaliklarning ehtimoliy transferlari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Mane va Obameyang ochiq hududda raqibni yo‘q qilishlari mumkin. Ammo «Barselona» kichik hududlarda o‘zini qulay his qiladigan futbolchilarga muhtoj. Menimcha, kataloniyaliklarning o‘yiniga moslasha oladigan futbolchi kerak, ammo uni topish oson emas. Avvalroq Samyuel Eto’O, hozir Luis Suares klubga mos kelishdi.

Neymarga kelsak, u – dunyoning eng yaxshi 3-5 futbolchisidan biri. Umid qilamanki, u «Barselona»ga qaytadi. Neymar allaqachon Messi bilan birga o‘ynagan. U jamoa o‘yiniga ko‘p narsa olib kelgan bo‘lardi. U bilan shartnoma imzolash ko‘p narsani o‘zgartiradi», – deb Xavining so‘zlarini keltiradi Metro.

Manba: www.tribuna.uz
Admin Admin
19-may 2020, 00:08
Oxirgi fikrlar
Ushbu yangilikga fikr qoldirilmagan, birinchi bo'ling :)
Yo'nalish
Foydalanuvchilar: 0 kishi
Mehmonlar: 11 kishi
Ro'yxatdan o'tish
Bosh sahifa
© UZBARCA.NET-2020