«Barselona» sport direktori Deku ikki nafar markaziy himoyachi — «Tottenxem» a’zosi Kristian Romero hamda «RB Leypsig» vakili Kastello Lyukebaning vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda sport.es nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ushbu uchrashuvlar dastlabki tanishuv xarakteriga ega bo‘lib, hali muzokaralar boshlanganini anglatmaydi. Bu suhbatlar klub strategiyasining bir qismi deb ataldi — ya’ni hozirgi himoyachilardan kimdir jamoani tark etadigan bo‘lsa, «Barselona» tayyor variantlarga ega bo‘lishni xohlaydi.

Romero avvalroq «Tottenxem»dan ketish istagi borligini ommaviy ravishda bildirgan edi. Xansi Flik va Dekuning fikricha, u Kataloniya klubiga juda mos tushgan bo‘lardi, biroq futbolchining 60 million yevrolik transfer bahosi hozircha uni «Barsa» uchun olib bo‘lmas darajaga qo‘ymoqda. Lyukeba esa kelajagi porloq alternativ sifatida ko‘rib chiqilyapti, ammo uning transferi ham arzonga tushmaydi.

Manba: Stadion.uz