«Barselona» klubi «PSJ» tomonidan bo‘layotgan qiziqish fonida hujumchi Ferran Torresning transfer bahosini 50 million yevro etib belgiladi. Biroq Parij klubi shartnomasi tugashiga atigi bir yil qolgan forvard uchun ortiqcha mablag‘ sarflamoqchi emas va uning o‘tishi uchun 40 million yevro taklif qilishga tayyor. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, agar Torresning o‘zi «Barselona»dan ketishni so‘rasa, «PSJ» bundan ham kamroq summa taklif qilishi mumkin. Parijliklar ushbu transfer borasida shoshilishmayapti va hujumchining Jahon chempionati — 2026 musobaqasidagi ishtiroki yakunlanishini kutishmoqchi.

Ma’lumot uchun, Ferran Torres 2022 yilning yanvaridan buyon «blaugrana» sharafini himoya qilib keladi. Ortda qolgan mavsumda 26 yoshli hujumchi barcha turnirlarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali berayotgan ma’lumotga ko‘ra, futbolchining ayni damdagi bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.

Manba: Stadion.uz