Germaniyaning «Borussiya Dortmund» futbol klubi hujumchi Karim Adeyemi jamoaning bugungi rejali tibbiy ko‘rigida ishtirok etmaganini rasman e’lon qildi.
Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 24 yoshli futbolchiga boshqa jamoa bilan transfer shartnomasi bo‘yicha muzokaralar olib borish uchun rasmiy ravishda ruxsat berilgan va u mashg‘ulotlardan ozod etilgan.
Avvalroq, «Barselona» futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishgani aytilgandi. Bitim 22 million yevro + 7 million bonus to‘lovlar evaziga amalga oshmoqda.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0