«Arsenal» «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresni o‘z safiga qo‘shib olish ustida ishlamoqda. Yakshanba kuni The Independent sahifalarida e’lon qilingan xabarga ko‘ra, «kanonirlar» futbolchi transferini mavsumoldi tayyorgarlik boshlanishidan avval tezroq yakunlashga intilmoqda.
Manbaning taxminicha, «Atletiko»ning pozisiyasi tufayli Alvares transferi uchun raqobat susaygan. Madrid klubi Xulianni «Barselona» yoki «Real»ga sotmoqchi emas, «PSJ» esa argentinalik futbolchini sotib olish bo‘yicha aniq rejalarsiz faqat vaziyatni o‘rgangan, xolos.
26 yoshli Xulian Alvares nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari tomonidan 100 million yevroga baholanmoqda.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0