"Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopesning tiklanish muddati haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.
Taniq jurnalist Xavi Migelning so‘zlariga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi Ispaniya chempionatining yangi mavsumi boshlanishiga qadar to‘liq tayyor bo‘ladi. U iyul oyi oxirida "Birmingem"ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishi kutilmoqda.
Lopes o‘tgan mavsum oxirida jarohat olgan edi. 2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urgan va 17 ta golli uzatma bergan.
Ispaniya La Ligasining yangi mavsumi avgust oyi o‘rtalarida boshlanadi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0