Argentinalik hujumchi Xulian Alvaresga ma’lum miqdorda pul taklif qilinsa, "Atletiko"ni tark etadi.

Jurnalist Ekrem Konurning so‘zlariga ko‘ra, "matraschilar" Alvaresni 150 million yevroga baholamoqda. Klub futbolchini sotishdan manfaatdor emas, shuning uchun hujumchi poytaxt jamoasiga foydali taklif tushmaguncha qoladi.

"Barselona" hali ham Alvaresni sotib olishga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar bor, ammo agar futbolchi "Atletiko"ga ultimatum qo‘yishga tayyor bo‘lmasa, kelishuvga erishish ehtimoli kam deb hisoblanadi.

26 yoshli "Atletiko Madrid" Alvares hozirda Argentina terma jamoasi bilan 2026 yilgi Jahon chempionati uchun kurashmoqda. U joriy turnirda oltita o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi.

Manba: Stadion.uz