«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi markaziy himoyachisi Pau Kubarsi o‘z o‘sishi haqida fikr bildirdi.
«Laport va Inigo Martines menga juda katta yordam berishdi. Ular katta tajribaga ega va men aynan shu komponentda o‘sishim kerak. Laport va Inigo kabi futbolchilar seni oldinga intilishga majbur qiladi. Ular kuchli xarakter sohiblari va bu menga juda yordam beradi», — deya Kubarsining so‘zlarini keltiradi Barça Universal.
2025/26 yilgi mavsumda Kubarsi barcha turnirlarda 47 ta uchrashuvda maydonga tushdi va bitta gol urdi.
Ta’kidlash joizki, ayni damda 19 yoshli himoyachi Ispaniya terma jamoasi safida jahon chempionatida ishtirok etmoqda. U musobaqadagi barcha oltita o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0