Madridning «Atletiko» klubi prezidenti Enrike Sereso hujumchi Xulian Alvaresning kelajagi haqida gapirdi.

«Alvares aytgan so‘zlari uchun uzr so‘rashi kerakmi? Hayotda hammamiz xato qilamiz. Xulian Alvares — «Atletiko Madrid» futbolchisi va u «Atletiko»da qoladi», — deya Seresoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Cope.es.

Seresoning qo‘shimcha qilishicha, «Barselona» prezidenti Joan Laporta uning yaqin do‘sti va u Alvares keyingi mavsum «Atletiko»da qolishini «juda yaxshi biladi».

Eslatib o‘tamiz, Alvaresning jamoadan ketishi mumkinligi haqidagi xabarlar bir necha oydan beri tinmayapti. Da’vogarlar orasida «Barselona», «Real» va «Arsenal» bor. Avvalroq Alvaresning o‘zi ham «Atletiko»ni tark etish istagini oshkora bildirgan edi.

Manba: Stadion.uz