«Barselona» vingeri Runi Bardji Dortmundning «Borussiya» klubi e’tiboriga tushdi.
Kataloniya klubi 20 yoshli futbolchi uchun asosiy tarkibdan joy ko‘rmayapti, shu bois joriy mavsumoldi davrida u bilan xayrlashishga tayyor. Mundo Deportivo ma’lumotiga ko‘ra, shvesiyalik futbolchiga da’vogarlar safiga «Borussiya» ham qo‘shildi. Runining o‘zi to‘laqonli transferdan ko‘ra ijaraga ketishni afzal ko‘rmoqda — ayni damda u mavjud barcha variantlarni o‘rganib chiqmoqda.
Mish-mishlarga ko‘ra, Bardjiga «Aston Villa», «Lids», «Sanderlend», «Portu», Lissabonning «Sporting»i, «Shtutgart» va boshqa klublar ham qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 15 million yevroga baholamoqda.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0