«Barselona» prezidenti Joan Laporta «Atletiko» bosh direktori Migel Anxel Xil Marinning Xulian Alvares haqidagi yaqinda aytgan gaplariga izoh berdi. «Matraschilar» vakili argentinalik hujumchi yozgi transfer oynasida hech qanday holatda «Barselona»ga o‘tmasligini aniq qilib aytgandi.

«Xil Marinning so‘zlarimi? Men har kimning fikrini hurmat qilaman, lekin bitta narsani aniq bilaman – biz taklif bilan chiqqanmiz va u hamon o‘z kuchida. Qachondir ushbu taklif qancha muddat amal qilishini hal qilishimiz kerak bo‘ladi. Iyul oyi oxirigacha? Ha, shunday bo‘lsa kerak», — deya Laportaning so‘zlarini keltiradi Tot costa.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Barselona» Xulian Alvares uchun 100 million yevro atrofida taklif bildirgan.

Manba: Stadion.uz