Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal haqida fikr bildirdi.

«Yamal olti oylik bo‘lganida uni cho‘miltirganimdagi suratmi? Endi biz to‘qnash kelishimiz — bu men uchun shunchaki aqlbovar qilmas holat. Hozir u dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan biri. «Barselona»ning omadi chopdi. Yamal uchun nima yaxshi bo‘lsa, bizning «Barselona»miz uchun ham shu yaxshidir.

Yamal — ajoyib futbolchi. Men uni juda diqqat bilan kuzatib boraman, chunki u men sevadigan klubda o‘ynaydi. Men unga doim eng yaxshi tilaklarni tilayman. Ammo biz finalda shunday o‘ynashga harakat qilamizki, Yamal o‘z o‘yinini ko‘rsata olmasin. Lekin u yerda faqat Laminni emas, butun Ispaniyani to‘xtatishga urinish kerak. Ularning ajoyib o‘yinchilari va o‘z uslubi bor. Ammo bizning ham o‘z «yashirin rejalarimiz» bor», — deya Messining so‘zlarini keltiradi The Touchline.

Ispaniya va Argentina 19 iyul kuni jahon kubogi uchun bahs olib borishadi.

Manba: Stadion.uz