«Barselona» hujumchisi Ferran Torres klubning u bilan shartnomani uzaytirish borasida tashabbus ko‘rsatmayotganidan hayratda. Forvard ikki mavsum davomida yuqori saviyada o‘ynaganini va bosh murabbiy Xans-Diter Flik bergan imkoniyatlardan unumli foydalanganini ta’kidlamoqda. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Torres «ko‘k-anorranglilar»dan o‘ziga nisbatan ishonch belgisini kutgan edi. Biroq «Barselona» hech qachon 26 yoshli futbolchini jamoaning asosiy hujumchisi sifatida ko‘rmagan. Klub Robert Levandovski ketganidan so‘ng yangi hujumchi olishni rejalashtirganini bilgan. Ta’kidlanishicha, «PSJ» Torresni transfer qilish borasidagi harakatlarini davom ettirmoqda.
O‘tgan mavsumda Torres barcha turnirlarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil qiladi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0