«Barselona» hujumchisi Rafinya tez orada jamoa ixtiyoriga qaytadi.

Taniqli insayder Xavi Migelning xabar qilishicha, braziliyalik vinger 27 iyul kuni kataloniyaliklarning umumiy mashg‘ulotlariga kelib qo‘shiladi.

Qayd etilishicha, futbolchiga berilgan ta’til muddati yakunlanmoqda va u belgilangan sanadan boshlab jamoaning yangi mavsum uchun olib borayotgan tayyorgarlik jarayoniga start beradi.

Manba: Stadion.uz