«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Pedri X ijtimoiy tarmog‘ida o‘z milliy terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionatidagi g‘alabasiga bag‘ishlangan post joylashtirdi. Hal qiluvchi uchrashuvda ispaniyaliklar Argentina terma jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etishdi.

«Bu peshonaga yozilgan edi! 19.07.2026! Butun bir mamlakatning orzusi ushalgan kun. Biz — Jahon chempioni bo‘lgan kun!» — dedi futbolchi.

Ispaniya o‘z tarixida ikkinchi marta Jahon chempionatida zafar quchdi. 2022 yilda esa Jahon birinchiligi g‘olibi Argentina terma jamoasi bo‘lgan edi.

Manba: Stadion.uz