Goal nashri 2026 yilgi jahon chempionati finalidan keyin joriy mavsum yakunlariga ko‘ra «Oltin to‘p» sovriniga asosiy da’vogarlardan iborat yangilangan top-20 reytingini e’lon qildi.
Nashr talqiniga ko‘ra, ayni paytda asosiy favorit Angliya terma jamoasi va «Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn bo‘lib turibdi.
Uning eng asosiy raqobatchisi sifatida jahon chempioni, Ispaniya terma jamoasi va «Barselona» vingeri Lamin Yamal ko‘rsatilgan. Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi esa reytingda uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Goal talqini bo‘yicha «Oltin to‘p» uchun top-20 da’vogar:
-
Xarri Keyn («Bavariya», Angliya)
-
Lamin Yamal («Barselona», Ispaniya)
-
Lionel Messi («Inter Mayami», Argentina)
-
Maykl Olise («Bavariya», Fransiya)
-
Kilian Mbappe («Real», Fransiya)
-
Rodri («Manchester Siti», Ispaniya)
-
Usmon Dembele («PSJ», Fransiya)
-
Erling Xoland («Manchester Siti», Norvegiya)
-
Xvicha Kvarasxeliya («PSJ», Gruziya)
-
Pau Kubarsi («Barselona», Ispaniya)
-
Luis Dias («Bavariya», Kolumbiya)
-
Vitinya («PSJ», Portugaliya)
-
Deklan Rays («Arsenal», Angliya)
-
Vinisius Junior («Real», Braziliya)
-
Mikel Oyarsabal («Real Sosyedad», Ispaniya)
-
Ashraf Hakimiy («PSJ», Marokash)
-
Fabian Ruis («PSJ», Ispaniya)
-
David Rayya («Arsenal», Ispaniya)
-
Lautaro Martines («Inter», Argentina)
-
Jud Bellingem («Real», Angliya)
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0