Ispaniya terma jamoasi va "Barselona" himoyachisi Erik Garsiya Jahon chempionatida g‘alaba qozonganidan keyin nimaga erishishni istayotganini ma’lum qildi.

25 yoshli futbolchi 2026 yilgi Jahon chempionatida Argentinaga qarshi 1:0 hisobidagi finalda debyut qildi va 99-daqiqada, Ferran Torres gol urishi oldidan zaxiradan maydonga tushdi.

"Yamal, Olmo, Pedri va Gavi bilan Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish bizning keyingi maqsadimiz", dedi Erik Garsiya Ispaniya g‘alabasini nishonlash paytida.

O‘tgan mavsumda "Barselona" chorak finalda "Atletiko Madrid"ga yutqazib, Chempionlar Ligasidan chiqib ketdi. Xans-Diter Flik jamoasi La Ligada ishonchli tarzda birinchi o‘rinni egalladi.

Manba: Stadion.uz