«Barselona» prezidenti Joan Laporta klub Dortmundning «Borussiya»si bilan germaniyalik qanot hujumchisi Karim Adeyemi transferi bo‘yicha kelishuvga erishganini tasdiqladi.
«Bugun Karim Adeyemining transferini rasman e’lon qilamiz», — dedi Laporta. Uning so‘zlarini jurnalist va insayder Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida keltirdi.
Avvalroq tarqalgan xabarlarga ko‘ra, kataloniyaliklar 24 yoshli futbolchi uchun 22 million yevro kafolatlangan mablag‘ to‘laydi. Bundan tashqari, bonuslar ko‘rinishida yana 7 million yevro to‘lanishi mumkin. Futbolchi «ko‘k-anorranglilar» bilan besh yillik shartnoma imzolaydi.
O‘tgan mavsumda Adeyemi barcha musobaqalarda 39 ta uchrashuvda ishtirok etib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, germaniyalik futbolchining bozor qiymati 40 million yevroga teng.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0