«Barselona» prezidenti Joan Laporta kataloniyaliklar hujumchisi Ferran Torresning kelajagi haqida berilgan savolga aniq javob qaytarmadi.
«Ferranning kelajagimi? Biz bu yerga Adeyemining agenti Jorje Mendesh bilan uchrashish uchun kelganmiz», — dedi Laporta. Uning so‘zlarini jurnalist va insayder Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida keltirdi.
Avvalroq Ferran Torres «Barselona»ni tark etib, «Pari Sen-Jermen»ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, futbolchiga Madridning «Real» klubi ham qiziqish bildirmoqda.
Torresning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyuniga qadar amal qiladi. U o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi. 2026 yilgi jahon chempionatida Torres sakkizta uchrashuvda qatnashib, bitta gol va bitta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0