Manbalarning xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar argentinalik hujumchi Xulian Alvares transferi bo‘yicha ishlar muvaffaqiyatli yakunlanishiga komil ishonch bildirmoqda. Futbolchining amaldagi klubi «Atletiko»ning uni sotishni istamasligi haqidagi bayonotlari «ko‘k-anorranglilar»ning ishonchiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmayapti.

«Barselona» rahbariyati futbolchining o‘zi tomonidan jamoaga o‘tkaziladigan bosim hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin deb hisoblamoqda. Xususan, Alvares klub mashg‘ulotlariga boykot e’lon qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. Ya’ni, jamoaning 10 avgustga belgilangan ilk mashg‘ulotiga chiqmasligi mumkin.

Alvares 2024 yildan beri Madridning «Atletiko» klubida to‘p surib kelmoqda. Bungacha argentinalik forvard «Manchester Siti» va «River Pleyt» sharafini himoya qilgan.

Manba: Stadion.uz