«Barselona» prezidenti Joan Laporta Ispaniya terma jamoasining jahon chempionatidagi g‘alabasi haqida fikr bildirdi.

JCH-2026 final o‘yinida Ispaniya Argentina terma jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Ispanlar qaydnomasidan «Barselona»ning sakkiz nafar futbolchisi o‘rin olgan edi — darvozabon Joan Garsiya, Erik Garsiya, Pau Kubarsi, Pedri, Gavi, Dani Olmo, Lamin Yamal va finalda g‘alaba golini urgan Ferran Torres.

«Barsa»ning sakkiz nafar futbolchisi jahon chempioni bo‘lganidan juda ham faxrlanaman», — dedi Laporta.

Manba: Stadion.uz